Uylarni kotlovan bosqiçida sotiş va reklama qiliş taqiqlandi. Qirğizistonda!

Olam

−

image

Qirğizistonda quriliş kompaniyalari endi binoning poydevori va yer osti qismidagi işlar töliq bitmasdan turib, undagi kvartiralarni sotişi yoki xaridorlardan mablağ jalb qilişi mumkin emas. Bunday çeklov Quriliş, arxitektura va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Nurdan Oruntayev imzolagan buyruq bilan belgilandi. 

Yangi tartibga köra, taqiq qurilişning “nolinçi sikli” deb ataladigan bosqiç yakunlanguniga qadar amal qiladi. Uşbu bosqiç poydevorni barpo etiş va yer ostidagi barça quriliş işlarini tugallaşni qamrab oladi.

Şunga qadar quriliş taşkilotlari bir neçta faoliyat turidan tiyilişi lozim. Xususan, ular:

  • yangi binolardagi kvartiralar va noturar joylarni sotişi;
  • fuqarolar yoki yuridik şaxslarning mablağlarini qurilişga jalb qilişga qaratilgan uluşli iştirok etiş, dastlabki va boşqa fuqarolik-huquqiy şartnomalarni tuzişi;
  • qurilayotgan ob’ektlarni reklama qilişi mumkin emas.

Uşbu qoidalar bajarilişini Davlat arxitektura-quriliş nazorati kuzatib boradi. Talablar buzilgani aniqlansa, idora öz vakolatlari doirasida qoidabuzarlarga nisbatan çora köradi.

Qirğiziston Quriliş vazirligi esa yangi tartibni amaliyotga joriy etişdan oldin quriliş kompaniyalariga uning mazmun-mohiyatini tuşuntirmoqda. Kompaniya rahbarlariga belgilangan çeklovlar haqida ma’lumot berilgan, şuningdek, ularni buziş javobgarlikka sabab bölişi ogohlantirilgan.

Vazirlik mazkur qaror orqali, birinçi navbatda, uy-joy sotib oluvçilarning mablağlari va huquqlarini himoya qilişni maqsad qilgan. Bundan taşqari, xaridorlarning hali dastlabki quriliş bosqiçida turgan ob’ektlarga pul kiritiş bilan boğliq ehtimoliy moliyaviy xavflarini kamaytiriş ham közda tutilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing