Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatiladi

Olam

−

image

Qirğizistondagi ma’muriy-hududiy islohot doirasida barça viloyat va tumanlarni tugatib, ularning örniga yangi boşqaruv birliklari — aymoqlarni taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Davlat xizmati va mahalliy özini özi boşqariş işlari böyiça davlat agentligi direktori Elçibek Jantayev ma’lum qildi.

Ayni paytda mamlakatda 7 ta viloyat, 40 ta tuman va 34 ta şahar mavjud. Rejaga köra, 40 ta tuman örniga 20 dan ortiq aymoq taşkil etiladi.

Jantayevning sözlariga köra, aymoqlar tumanlardan katta, viloyatlardan esa kiçik hududiy birliklar böladi. Ularni taşkil etişda hududlarning imkoniyatlari va rivojlaniş salohiyati hisobga olinadi. Masalan, Issiqköl viloyatini şimoliy va janubiy qismlarga ajratiş mumkin. Jalolobod va Öş viloyatlarida esa kiçik tumanlar rivojlaniş imkoniyati yuqori bölgan hududlar bilan birlaştirilib, aymoqlar taşkil etilişi mumkin.

Aymoqlar tizimiga ötiş ma’muriy-hududiy islohotning ikkinçi bosqiçi böladi. Islohotning birinçi bosqiçi 2023 yilda boşlangan. Öşanda ayrim tumanlarning çegaralari özgartirilgan, bir qator aholi punktlari esa şaharlar tarkibiga qöşilgan.

2026 yil aprel oyida Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov islohotning keyingi bosqiçi haqida gapirib, dastlab tajriba tariqasida bitta aymoq taşkil etiş rejalaştirilayotganini aytgan. Yangi boşqaruv tizimi butun mamlakat böylab joriy etilişidan oldin uşbu hududda sinovdan ötkaziladi.

“Bir, ikki yoki uç yil davomida uning qanday işlaşini kuzatamiz. Özini özi boşqara oladimi, respublika byudjetidan ajratiladigan mablağlarga qaram bölmay işlay oladimi — şuni köramiz. Agar tajriba muvaffaqiyatli ötsa, viloyat va tumanlarni tugatib, aymoqlar tizimiga ötamiz”, — degan Sadir Japarov.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing