Koronavirus haqida axborot beruvchi Call-markazga sayohat

Jamiyat

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 11 nafarga yetdi. Mamlakatda 2100 kishi karantinda ushlab turilibdi. Uch kun ichida koronavirus yuqtirganlar soni ortib borishi aholi orasida vahima uyg‘onishiga sabab bo‘lmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi esa kecha, 16 mart kuni tun-u kun faoliyat yurituvchi Call-markazni ishga tushirdi. 

Fuqarolar 1003 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib koronavirus haqida to‘liq ma’lumotlar olishlari, o‘zlari va yaqinlari salomatligi bilan bog‘liq savollaringa javob topishlari mumkin. 

Call-markazda 200 dan ortiq xodim 24 soat ish olib boradi va ular har 6 soatda navbat almashib fuqarolarga o‘zbek va rus tillarida javob berishadi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus qo'ng'iroq Call-markaz

Baholaganlar

303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing