Netanyaxu Eronga yangi zarbalar beriş uçun Trampga har kuni qönğiroq qilmoqda – FT

Olam

−

image

Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu AQŞ Prezidenti Donald Trampga har kuni qönğiroq qilib, Eronga qarşi harbiy zarbalarni qayta boşlaşga undamoqda. Bu haqda muhokamalardan xabardor diplomatga tayanib, “Financial Times” naşri xabar berdi.

“Netanyaxu unga har kuni qönğiroq qilib, uruşni qayta boşlaşga çaqirmoqda. Oq uy içida ham, undan taşqarida ham uruşni istamaydiganlar bunga qarşi harakat qilmoqda. Mintaqa yetakçilari Trampga vaziyatni keskinlaştirmaslik va muzokaralarga ustuvor ahamiyat berişni aytmoqda”, degan manba.

Isroildagi vaziyatdan xabardor yana bir manba Netanyaxu Eronga qarşi harbiy harakatlarni qayta boşlaş tarafdori ekanini tasdiqlagan. Biroq uning aytişiça, hozirda Isroil Boş vaziri Trampni bunga faol ravişda köndirişga urinmayapti. Oq uy esa bu borada izoh berişdan boş tortgan.

FT ma’lumotlariga köra, saylovlar aniq natija bermagani sababli vaqtinça boş vazir vazifasini bajarişda davom etayotgan Netanyaxu Eron hukumatini ağdariş maqsadida AQŞ va Isroilning yangi qöşma zarbalarini amalga oşiriş tarafdori. Uning bu pozitsiyasi arab va musulmon davlatlari rahbarlarini xavotirga solmoqda. Ular Tehron öz hududlariga javob zarbalari berişidan qörqmoqda.

Naşr suhbatdoşlarining aytişiça, sönggi kunlarda kamida tört davlat rahbari Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgan. Ular – Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon, BAA Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy hamda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan. Ularning barçasi diplomatik muzokaralarga köproq vaqt berişga çaqirgan.

BAA Prezidentining diplomatik maslahatçisi Anvar Gargaş ham siyosiy va diplomatik yeçimlar ustuvor bölişi kerakligini aytgan. Uning fikriça, aynan şunday yondaşuv mintaqada yanada barqaror muvozanatni ta’minlaşi mumkin. Şuningdek, Gargaş AQŞdagi oraliq saylovlar natijalari Vaşingtonning mojaroni tinç yöl bilan hal qilişga intilişini kuçaytirişiga umid bildirgan.

FT ma’lumotlariga köra, vositaçilar bir neça haftadan beri vaqtinçalik kelişuv böyiça tomonlar örtasidagi kelişmovçiliklarni bartaraf etişga urinmoqda.

“Hozir asosiy e’tibor vaziyat keskinlaşuvining oldini olişga qaratilgan. Muzokaralar davom etmoqda, biroq barça sa’y-harakatlar keskinlikni pasaytirişga yönaltirilgani sababli yangi siljişlar yöq”, degan Gargaş.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp oraliq saylovlardan keyin milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilari bilan Eron masalasiga bağişlangan ilk yiğilişni ötkazgandi. Yiğiliş yakunida u Eronga qarşi keng kölamli harbiy zarbalarni qayta boşlaş yoki boşlamaslik böyiça tez orada qaror qabul qilişini bildirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing