Bishkekda komendantlik soati joriy etildi

Olam

image
Koronavirusga chalinganlar soni 400 000 ga yaqinlashdi. Virus tarqalishi tezlashyapti north_east

Koronavirusga chalinganlar soni 400 000 ga yaqinlashdi. Virus tarqalishi tezlashyapti

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida koronavirus infeksiyasining keng ko‘lamda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun komendantlik soati joriy qilinadi. Bu haqda poytaxt komendanti, Respublika Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Almazbek O‘rozaliyev ma’lum qildi, deya xabar berdi TASS.

“Poytaxtda 25 martdan komendantlik soati joriy etiladi”, dedi u matbuot anjumanida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar va transport vositalarining harakatini taqiqlash ertalab soat 7:00 da Prezident tomonidan e’lon qilingan Bishkekda favqulodda holat ostida davom etadi.

Shuningdek, O‘rozaliyev boshqa viloyatlar aholisini Bishkekdan chiqib ketishi kerakligini ma’lum qildi. Komendantlik soati davomiyligi uchun maxsus ruxsatnoma fuqarolarning ayrim toifalariga, shu jumladan shifokorlar, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va harbiy xizmatchilarga beriladi.

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning farmoniga binoan, 25 mart kuni ertalab soat 8:00 dan poytaxtda, O‘sh va Jalolobod viloyat markazlarida, shuningdek, O‘sh va Jalolobod viloyatining uchta tumanida favqulodda holat joriy etildi. Holat 15 aprelgacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasining 42 ta holati aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus komendantlik soati

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing