Qirg‘izistonda bir oylik favqulodda holat e’lon qilindi
Olam
−
22 mart 2020
7685Qirg‘iziston Respublikasida koronavirus xavfi sabab favqulodda holat e’lon qilindi.
Kecha, 21 mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov raisligida h davlat idoralari rahbarlari, Hukumatning Chuy viloyatidagi vakolatli vakili, Bishkek shahar hokimi ishtirokida Xavfsizlik Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.
Unda koronavirus infeksiyasining Qirg‘iziston Respublikasi hududida tarqalishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rib chiqilgan.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Koronovirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha Respublika tezkor shtab boshlig‘i Kubatbek Boronov, Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev Xavfsizlik Kengashining qabul qilingan chora-tadbirlari va ilgari qabul qilingan qarorlari to‘g‘risida hisobot bergan.
Respublika tezkor shtab boshlig‘i Kubatbek Boronov koronavirus infeksiyasining keyingi tarqalishining oldini olish uchun butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat rejimini joriy etish taklifini bildirdi.
Ushbu masalani muhokama qilish natijasida Xavfsizlik Kengashi majlisi ishtirokchilarining tor tarkibda takliflarini inobatga olgan holda qaror qabul qilingan. Unga muvofiq Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziriga mamlakatda favqulodda holat rejimini 22 martdan 1 oy muddatga joriy etish taklifi kiritilgan.
Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatiga Xavfsizlik Kengashi kotibiyati bilan birgalikda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda tegishli operatsion rejani ishlab chiqish topshirildi.
Mamlakatda favqulodda holat rejimi joriy qilinganini hisobga olgan holda, 2020 yil 12 aprelga belgilangan bir qator mahalliy kengashlarda saylovlar sanasini keyinga qoldirishga qaror qilindi.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekistonning yaqin qo‘shnisi bo‘lgan Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar 14 kishini tashkish etmoqda.
LiveBarchasi