Qashqadaryodagi tibbiyot birlashmasida 800 mln so‘m “tuya qilindi”

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tuman tibbiyot birlashmasining binosini rekonstruksiya qilishda 787,4 million so‘m o‘zlashtirib olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda “G.C.» xususiy korxonasi hamda Qashqadaryo viloyati «Ya.B.X.» IK mas’ul shaxslari tuman tibbiyot birlashmasi binosini rekonstruksiya qilishda amalda bajarilmagan qurilish-ta’mirlash ishlarini rasmiy hujjatlarga qo‘shib yozish orqali jami 787,4 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda ona-bola maktab direktorlari byudjet mablag‘larini o‘zlashtirib kelgani aniqlangandi. Toshkentda esa Adliya boshqarmasining sobiq xodimlari 900 million so‘mni talon-toroj qilgandi. Shuningdek, Namanganda mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari 2 milliard so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirib olgani fosh qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo talon-toroj tuman tibbiyot birlashmasi rekonstruktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing