2 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari ushlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari 2 milliard so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Yangi Namangan tumanida “O.A.” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari O.T. hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 2 mlrd so‘m kredit evaziga xarid qilingan avtobetononasos maxsus texnika vositasini boshqa shaxslarga sotib yuborgan. Oqibatda u kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Namangan viloyati Uychi tumanida 50 yoshli ayolning kartasidan 15 million so‘mdan ziyod pulni yechib olgan bankning ish boshqaruvchisi aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit MChJ rastrata

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing