Namanganda bank ish boshqaruvchisi birovning nomiga kredit olib, pullarni “tuya qildi”

3-sahifa

image

Namangan viloyati Uychi tumanida 50 yoshli ayolning kartasidan 15 million so‘mdan ziyod pulni yechib olgan bank ish boshqaruvchisi aniqlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi 50 yoshli ayol S.N.ning nomiga roziligisiz 15 460 000 so‘m kredit rasmiylashtirilib, ushbu miqdordagi pullar bank kartasiga tushirilgan. Pullar shu zahoti boshqa bank kartasiga o‘tkazib olingan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati, Uychi tumanida yashovchi 27 yoshli B.B. sodir etgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, B.B. bank ish boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelib, xizmat vakolatidan foydalangan holda fuqaro S.N.ning shaxsiy ma’lumotlari orqali uning nomiga kredit rasmiylashtirib, pullarni noqonuniy o‘zlashtirgan.

Jinoyat sodir etgan B.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga ko‘ra, bunday jinoiy harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

kredit pullar bank ish boshqaruvchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing