Xalqaro qidiruvdagi davlat taşkiloti xodimasi Turkiyadan Özbekistonga qaytarildi

3-sahifa

−

image

Xorazm viloyatidagi davlat taşkilotida mas’ul lavozimda işlagan ayol davlat mablağlarini talon-toroj qiliş va hujjatlarni qalbakilaştirişda gumonlanib, Turkiyada qölga olindi va Özbekistonga qaytarildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi özining Telegram-kanalida xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga köra, Y.G. Xorazm viloyatidagi Bandlikka kömaklaşiş taşkilotida işlagan davrida mansab vakolatlaridan foydalanib, davlat mablağlarini özlaştirgan hamda hujjatlarni qalbakilaştirganlikda ayblanmoqda.

Qayd etilişiça, u Jinoyat kodeksining 167-(Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 228-moddalari (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) böyiça xalqaro qidiruvga berilgan.

Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir natijasida qölga olingan şaxs mamlakatga olib kelingan. Hozirda jinoyat işi böyiça tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari örtasidagi hamkorlik davomida Istanbul şahrida xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi aniqlangani va qölga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing