Toshkentda Adliya boshqarmasining sobiq xodimlari qariyb 900 mln so‘mni talon-toroj qildi
3-sahifa
−
11 iyun 2023
9526Toshkent shahar adliya boshqarmasining (sobiq Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasi) sobiq mansabdor shaxslari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuridik va jismoniy shaxslardan ortiqcha yoki xatolik tufayli ikki marotaba to‘langan 864 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan o‘rganish ishlarida ayrim davlat xizmatlaridan kelib tushgan mablag‘larning byudjetga va boshqa vazirlik, idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga noto‘g‘ri taqsimlangani aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, o‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar jinoyat ishiga qo‘shib hal qilish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.
Mazkur holat bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan aybdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi