“Qanday qilib Putin Rossiyaga bostirib kirdi?” Bayden yana adashdi (video)

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukrainaga bosqinini sharhlab, ikki davlatni chalkashtirib yubordi va internet foydalanuvchilarining keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.  

“Qanday qilib biz shu darajaga yetdikki, Putin oddiygina tarzda Rossiyaga bostirib kirishga qaror qildi? Ikkinchi jahon urushidan beri bunday narsa bo‘lmagan”, degan Bayden amerikalik faol bilan suhbat chog‘ida. 

Internetdagi sharhlovchilar Amerika rahbarining gapiga darhol munosabat bildirgan. 

“81 million amerikalik buni prezidentlikka saylashi mumkin emas”, deb yozgan Seven Wonders nomi ostidagi foydalanuvchi. 

“Ma’muriyatimizning geografiya darslarini yaxshi ko‘raman”, degan Joan Melnick. 

“Men Rossiya va Ukraina haqidagi gapga birinchi e’tibor bermadim, chunki “Ikkinchi jahon urushidan beri bunday narsa bo‘lmagan” degan iboraga hayron qoldim. Kechirasiz? U 2001 yildan beri yerto‘ladamidi???” deb yozgan Duco Darling. 

Avvalroq, Bayden Ukraina aholisini “eronliklar” deb yuborgandi. 

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing