G‘oyib bo‘lgan suv osti kemasi bo‘yicha rasmiy tergov boshlandi
Olam
−
26 iyun 2023
9660AQSH Sohil xavfsizlik xizmati joriy yilning 18 iyun kuni Atlantika okeanida g‘oyib bo‘lgan batiskaf fojiasi sabablari bo‘yicha rasmiy tergov boshladi. Bu haqda Kanada transport xavfsizligi kengashiga tayanib, “The Guardian” xabar berdi.
Unga ko‘ra, xavfsizlik kengashi “Titan” suvosti kemasining g‘oyib bo‘lishi bo‘yicha tergovchilar guruhi “ma’lumot to‘plash, intervyular o‘tkazish va nima bo‘lganini baholash” uchun Nyufaundlend shtatidagi Sent-Jon shahriga jo‘nab ketgan.
Buyuk Britaniya va AQSH rasmiylari bir necha kun oldin “Titan” suv osti kemasi portlaganini ko‘rsatuvchi kuchli akustik signalni qabul qilgan, biroq bu ma’lumotni jamoatchilikka yoki qutqaruv guruhlarining ba’zi a’zolariga ma’lum qilmagani aytilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “OceanGate” kompaniyasi “Titan” suvosti kemasini ishlab chiqish va loyihalash ortidagi sanoat hamkorliklari tafsilotlarini bo‘rttirib ko‘rsatgan. Boeing va Vashington universiteti kompaniyaning suvosti kemasini loyihalashda yordam bergani haqidagi da’vosini rad etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Atlantika okeanining “Titanik” kemasi cho‘kkan qismiga ekspeditsiya uyushtirgan “Titan” suvosti kemasi g‘oyib bo‘lgani edi. Shundan so‘ng yo‘qolgan batiskafda kislorod tugagan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berildi. Keyinroq AQSH qirg‘oq qo‘riqlash xizmati qidiruv hududidan noma’lum qoldiqlar topilganini ma’lum qildi va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan, deb topildi.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi