Germaniya Rossiyaga qaramlikni kamaytirmoqchi

Olam

image

Germaniya Rossiyadan energiya ta’minotiga qaramligini asta-sekin kamaytirmoqchi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols kecha, 14 mart Turkiyaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi. U  Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan birgalikda matbuot anjumanida qatnashdi.  

“Bilasizmi, Germaniya juda qisqa vaqt – deyarli 25 yil ichida qazib olinadigan energiya manbalaridan foydalanishni yo‘q qilishdek ulkan maqsadni qo‘ygan. Biz Yevropada, tabiiyki, Rossiyani chetlab o‘tib, gaz, neft va ko‘mirni yetkazib berish yo‘nalishlari bo‘yicha energiya ta’minotini diversifikatsiya qilish uchun infratuzilmaga muhtojmiz, toki biz [ularga] qaram bo‘lib qolmaylik”, deydi Shols.  

Avvalroq Germaniya vitse-kansleri, Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabek Germaniya Rossiyaning energiya resurslari – neft, gaz va ko‘mir yetkazib berishni to‘xtatishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya rasmiylari o‘tgan yilning dekabr oyidan buyon shunday ssenariy ustida ishlamoqda. Iqtisodiyot vazirligi rahbari Germaniya bu qishda, bahorda va yozda Rossiya gazi ta’minotisiz tura olishini ta’kidlagan. Xabek, shuningdek, Germaniya energiya ta’minotini diversifikatsiya qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish niyatida ekanini urg‘uladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 fevral kuni Olaf Shols Rossiya Donetsk va Lugansk xalq respublikalari (DXR va LPR) bo‘lginchilarini tan olishi fonida “Shimoliy oqim – 2” gaz quvurini sertifikatlash jarayonini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berdi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Olay Shol'ts

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made