Mers Germaniyada ilk bor ayol kişi prezident bölişini tarğib qilyapti
Olam
−
10:56 351 2 daqiqa
Germaniya kansleri Fridrix Mers mamlakatning navbatdagi federal prezidenti lavozimiga ayol nomzodni ilgari surmoqçi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Mers keça, 2 noyabr kuni Berlinda Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) hududiy bölimlari rahbarlari bilan ötkazilgan yopiq yiğilişda navbatdagi prezident ayol bölişi kerakligini bildirgan. Kansler partiyasi uçun markaziy siyosiy kuçlar vakili bölgan yagona ayol nomzodni taklif qilmoqçi.
Uçraşuvda Mers aniq bir nomzodning ismini aytmagan. Kutilişiça, u nomzodni joriy yilning 9 noyabr kuni bölib ötadigan XDI prezidiumi yiğilişidan keçiktirmay e’lon qiladi.
Mersning qarorini Germaniyadagi hukumat koalitsiyasining hamkori bölgan Sotsial-demokratik partiya (SDP) ham ijobiy kutib olgan. Partiya vakili Dirk Vize mamlakatning eng yuqori davlat lavozimini ayol egallaşi vaqti kelganini ta’kidlagan.
Avvalroq, Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel ham navbatdagi federal prezident ayol bölişi kerakligini bildirgan edi. Uning qayd etişiça, Germaniya Federativ Respublikasi taşkil topganiga 77 yil bölgan bölsa-da, şu vaqtgaça mamlakatda biror ayol federal prezident lavozimini egallamagan.
Hozirça prezidentlikka bir neçta nomzod muhokama qilinmoqda. Ular orasida Bavariya parlamenti rahbari Ilze Aygner, Bundestag raisi Yuliya Klyokner, ta’lim vaziri Karin Priyen hamda sobiq mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer bor.
Amaldagi prezident Frank-Valter Ştaynmayer ikki muddat faoliyat yuritgani sababli yana nomzodini ilgari sura olmaydi. Germaniyaning yangi federal prezidenti 2027 yil 30 yanvar kuni Federal yiğiliş tomonidan saylanişi kerak.
Hozirça birorta nomzod rasman körsatilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Bolgariyada prezidentlik saylovining ikkinçi turida amaldagi davlat rahbari Iliana Yotova ğalaba qozonib, mamlakat tarixida ilk bor ayol prezident saylangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi