Ertaga Toshkentdagi talabalarni o‘z uyiga qaytarish tugaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda poytaxt Toshkentda tahsil olayotgan viloyatlik talabalarni o‘z uylariga qaytarish bilan bog‘liq ishlar jadal suratlarda davom etmoqda. Qayd etilishicha, 15 mart kuni 25 ming nafardan ortiq, 16 mart kuni yana 37 ming nafardan ortiq, jami 72 ming nafardan ortiq talaba Toshkent shahridan o‘z uylariga jo‘nab ketdi. 

Oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi hamda Transport vazirligi tomonidan Toshkent shahrida tahsil olayotgan talabalarni o‘z ota-onalari bag‘riga qaytarish ishlari davom etmoqda. 

Bugun, 17 mart kuni taxminan 6-8 ming nafar talabani o‘z uylariga kuzatish rejalashtirilgan. Ertaga, 18 mart kuni samolyot va poyezdlarga imtiyozli chiptalarni xarid qilgan 1,5-2 ming nafar talaba jo‘nab ketishi bilan viloyatlardan kelib Toshkent shahrida tahsil olayotgan talabalarni kuzatish ishlari yakunlanadi.

Talabalar turar joylari 19 martdan to‘liq yopiladi va dizinfeksiya ishlari boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi talabalarni uyiga qaytarishni mutlaqo bepul amalga oshirishi xabar qilingan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni soat 06:00 da qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan bemor – oliy toifali shifokor  11 mart kuni Fransiyadan qaytgan bo‘lgan. Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar 10 nafarni tashkil etmoqda. 

Dunyo bo‘yicha 183 112 kishi koronavirusga chalingan. Shundan, 7175 nafar bemor vafot etgan, 79 904 nafar bemor xastalikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

Transport vazirligi

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing