“Toshkent – Andijon” yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qatnaydi
Jamiyat
−
14:14 288 1 daqiqa
Ertaga, 10 sentyabrdan “Toshkent–Andijon–Toshkent” yo‘nalishida zamonaviy tezyurar CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi elektropoyezd amaldagi 730/729-sonli poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.
730-sonli “Toshkent – Andijon” poyezdi quyidagi vaqtlarda harakatlanadi:
- Toshkent-Yolovchi – 09:20;
- Angren – 10:25;
- Pop – 12:00;
- Qo‘qon – 12:28;
- Marg‘ilon – 13:00;
- Andijon – 13:35.
729-sonli “Andijon – Toshkent” poyezdi esa:
- Andijon – 15:38;
- Marg‘ilon – 16:11;
- Qo‘qon – 16:43;
- Pop – 17:11;
- Angren – 18:50;
- Toshkent-Yolovchi – 19:53.
Ma’lum qilinishicha, elektropoyezd tarkibida 4 ta ekonom klassdagi vagon bo‘lib, ularning uchtasida 95 nafardan, bittasida esa 72 nafar yo‘lovchi uchun o‘rin mavjud. Jami 357 ta o‘rindiq ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 10 sentyabrdan “Toshkent – Farg‘ona” vodiysi yo‘nalishida qatnovchi qator yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabridan boshlab “Parkent – Toshkent – Parkent” yo‘nalishida zamonaviy shaharlararo elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Live
Barchasi