Poytaxt avtobuslarida yo‘lkira to‘lamayotganlar soni 68 foizga oshdi
Jamiyat
−
10:32 779 2 daqiqa
Toshkent shahrida sentyabr oyining dastlabki 8 kunida yo‘l haqini to‘lamagan 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Avvalroq, joriy yilning 1 sentyabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida yo‘lkira to‘lashning yangi tartibi joriy etilgani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘l pulini to‘lashi shart bo‘lishi belgilangan.
Shu munosabat bilan avtobuslarda to‘lov madaniyatini oshirishga qaratilgan kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Manbaga ko‘ra, 2026 yilning avgust oyida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan 10 ming 843 nafar yo‘lovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasi (Transportda chiptasiz yurish) 5-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Bu esa o‘rtacha bir kunda 350 ta holat degani.
Sentyabr oyining avvalidan 8-sanasiga qadar esa mazkur modda asosida 4 696 nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Bu o‘rtacha bir kunda 587 ta holatga to‘g‘ri keladi.
Tahlillarga ko‘ra, sentyabr oyining dastlabki 8 kunida bir kunlik o‘rtacha rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar soni avgust oyidagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 237 taga, ya’ni qariyb 68 foizga oshgan.
Bu esa yangi nizomning belgilanishi bilan, aslida qonunbuzilish holati pasayishning o‘rniga yuqorilaganini ko‘rsatmoqda. Biroq, mazkur yo‘l haqini to‘lamaganlar sonining ortishini nazorat-reyd tadbirlarining ko‘payishi bilan ham izohlash mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida joriy yil boshidan beri jamoat transportlidan yo‘l haqini to‘lamasdan foydalangan 79 mingdan ortiq yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi