Toshkentda chiptasiz yurgan 80 mingga yaqin yo‘lovchi jazolandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida joriy yil boshidan beri jamoat transportidan yo‘l haqini to‘lamasdan foydalangan 79 mingdan ortiq yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davri davomida avtobuslarda chiptasiz harakatlangan yo‘lovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasi (transportda chiptasiz yurish) 5-qismi asosida 79 618 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Har bir qoidabuzar yo‘lovchiga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 1/10 qismi, ya’ni 41 ming 200 so‘m miqdorida jarima belgilangan. Ushbu davrda undirilgan jarimalarning umumiy miqdori qariyb 2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash jamoat transporti tizimining barqaror ishlashi, avtobuslar qatnovi muntazamligi va xizmat sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

“Har bir to‘langan yo‘l haqi – transport tizimini yaxshilashga qo‘yilgan hissa”, deyiladi xabarda.

Yo‘lovchilardan jamoat transportidan foydalanishda belgilangan tartiblarga rioya qilish va yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida joriy yilning dastlabki 3 oy davomida avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamaslik bo‘yicha 32 450 ta holat aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing