Erdo‘g‘an Ibrohimga ham elektromobil sovg‘a qildi
Olam
−
11 fevral
7006Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 11 fevral kuni Kuala-Lumpurga rasmiy tashrifi chog‘ida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimga ham TOGG markali zamonaviy turk elektromobilini sovg‘a qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Erdo‘g‘an Anvar Ibrohimga oq rangli Turkiyada ishlab chiqarilgan TOGG elektromobilini sovg‘a qilgan. Siyosatchilar Ibrohim ma’muriyati binosi hovlisida avtomobilni birgalikda ko‘zdan kechirib, esdalik uchun suratga tushgan.
Turkiya davlati rahbari Togg'ni topshirish marosimida ishtirok etgan Malayziya va Turkiya bayroqlarini ko‘targan bolalarga ham e’tibor qaratgan va ular bilan ham suratga tushgan.
Qayd etilishicha, uchrashuv Ibrohimning Kuala-Lumpurdagi ofisida bo‘lib o‘tgan. Marosimda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayroqdor, Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler, Sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fatih Kajir, Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumakli, Savdo vaziri O‘mer Bolat, Mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Haluk Gergyun, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim, Prezident ma’muriyati huzuridagi aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun va Prezidentning tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha bosh maslahatchisi Akif Chig‘atoy Qilich ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an ushbu avtomobildan eng birinchi bo‘lib 2023 yil aprel oyida O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevga sovg‘a qilingandi. 2023 yil 17-18 iyul kunlari Saudiya Arabistoni va Qatarga borgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga ham Togg elektromobilini sovg‘a qilgan edi. Keyin u BAAda mehmon bo‘lib, BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga ham ushbu avtomobilni olib bordi. O‘tgan yili noyabr oyida Erdo‘g‘an Qirg‘izistonga bordi va mamlakat Prezidenti Sadir Japarovga ham TOGG markali zamonaviy turk elektromobilini sovg‘a qildi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi