Endi rossiyalik jurnalist AQSH Prezidentidan intervyu olmoqchi

Olam

image

“Rossiya Segodnya” media guruhining bosh direktori Dmitriy Kiselyov Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning amerikalik jurnalist Taker Karlson bilan tarixiy intervyusidan so‘ng, davlatlar o‘rtasidagi muloqotni davom ettirish maqsadida AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan suhbatlashish uchun so‘rov yubordi. U bu haqda "Rossiya 1" telekanalining "Vesti nedeli" dasturida ma’lum qilgan.

Kiselyov so‘rovni Oq uyga yuborgani va agar bu suhbat tashkil etilsa, u jurnalistika va siyosat tarixiga kirishini qo‘shimcha qildi. 

“Biz mamlakatlarimizda bir-birini tinglash va eshitish imkoniyati yetishmayotganiga ishonamiz, shu bilan birga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin amerikalik auditoriyaga qaratilgan intervyuga rozilik berib, munosib o‘rnak ko‘rsatdi, deb hisoblaymiz. Intervyuni men, “Rossiya Segodnya” media guruhi bosh direktori va mamlakatning eng mashhur “Rossiya 1” telekanalidagi eng yuqori reytingli “Vesti nedeli” axborot-tahliliy yakshanba dasturi boshlovchisi Dmitriy Kiselyov olishni rejalashtirmoqdaman”, deyilgan so‘rov xatida.

Unga ko‘ra, intervyu xorijiy tillarga tarjima qilinishi va RIA Novosti Telegram-kanalida, veb-saytida, Rossiya hamda butun dunyo bo‘ylab media guruhining ko‘plab media platformalari va ijtimoiy tarmoqlarida tarqatilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 fevral kuni ertalab amerikalik jurnalist Taker Karlson Putindan intervyu olish uchun Moskvaga borgani va keyinchalik Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan ham intervyu olishini aytgandi. Ertasi kuni shov-shuvli suhbat Kreml saytida e’lon qilindi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin nega intervyuga rozilik bergani  sababini ochiqladi. Bir kunni ichida intervyu 150 million martadan ko‘p ko‘rildi. Unda Putin Ukrainadagi vaziyatni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishni istashini, biroq Rossiya Ukrainadagi maqsadlariga hali erisha olmaganini qayd etdi. Hatto Zelenskiyning otasiga o‘xshamaganini tanqid qildi. Polyaklar Gitlerni jahon urushini boshlashga majburlaganini iddao qildi. Keyinroq Karlsondan unga o‘tkir savollar bermagani uchun nolidi ham. Bu intervyu ortidan AQSHning sobiq davlat kotibi va birinchi xonimi bo‘lgan Xillari Klinton jurnalistni keskin tanqid qildi. Putin rus armiyasining Ukrainaga bostirib kirishini “tarixiy ma’lumotlar” bilan asoslaganidan so‘ng, Mo‘g‘ulistonning sobiq prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj Mo‘g‘ullar imperiyasining bir nechta xaritalarini o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilib, Putinga tarixni eslatib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist rossiyalik Jo Bayden interv'yu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing