Amerikalik jurnalist Putindan intervyu olish uchun Moskvaga bordi

Olam

image

Amerikalik teleboshlovchi va jurnalist Taker Karlson Moskvaga keldi. U Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan intervyu olmoqchi. Bu haqda jurnalist o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

 “Dunyoni o‘zgartirgan urushga ikki yil to‘ldi. Ko‘pchilik amerikaliklar bu mintaqada aslida nimalar bo‘layotganini bilmaydi. Lekin ular bilishi kerak, chunki ular buning uchun ko‘p pul to‘lamoqda”, deydi Karlson.

Shuningdek, jurnalist Oq uy uning Putin bilan suhbatini ikki marta: uch yil avval va o‘tgan oyda buzishga uringanini aytdi.

U Putin bilan intervyusini X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilishini va platforma egasi Ilon Mask videoni o‘chirmaslikka va’da berganini ta’kidladi. Karlson videomaterialni tahrirlamasdan, hech qaysi joyini kesmasdan joylashtirishga va’da berdi.

Shu bilan birga, amerikalik jurnalist Vladimir Zelenskiydan ham intervyu olmoqchi ekanini bildirdi.

Ma’lumot uchun, hozircha Rossiya tomoni intervyuni rasman tasdiqlamadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Moskva Taker Karlson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing