Klinton Putindan intervyu olgan amerikalik jurnalistni malomat qildi
Olam
−
10 fevral
15657AQSHning sobiq davlat kotibi va birinchi xonimi bo‘lgan Xillari Klinton jurnalist Taker Karlsonni Rossiyaga Prezident Vladimir Putindan intervyu olishga borganini tanqid qildi. U bu haqda MSNBC boshlovchisi Aleks Vagnerga bergan intervyusida so‘z ochgan.
"U foydali ahmoq sifatida tanilgan", degan Karlsonga sifat bergan Klinton.
76 yoshli Klintonning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ommaviy axborot vositalari uni zavqlantirmoqda va ular Karlsonni uy hayvoni deb o‘ylashyapti.
Klinton intervyuda jurnalistni bir daqiqa ichida uch marta haqorat qilishga muvaffaq bo‘lgan va uni “foydali ahmoq”, “uy hayvoni” va “to‘tiqush” deb atagan.
"Agar u foydali ahmoq bo‘lgani uchun Rossiyadagi biron bir ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilsa ham ajablanmayman. U haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan masalalarni aljiraydi. U Vladimir Putin to‘qigan Ukraina haqidagi safsatalarini to‘tiqush kabi takrorlamoqda”, degan AQSHning 42-Prezidenti Bill Klintonning rafiqasi Klinton xonim.
Shuningdek, ayol siyosiy raqobatchisi Donald Trampni eslashni ham unutmadi. U Trampning Putinga AQSHning razvedka xizmatidan ham ko‘ra ko‘proq ishonishidan hayratda qolganini bildirgan va atrofdagilarni AQSHda go‘yoki Moskvaning buyrug‘ini bajarayotgan "beshinchi kolonna" borligidan ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 fevral kuni ertalab Karlson Putindan intervyu olish uchun Moskvaga borgani va keyinchalik Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan ham intervyu olishini aytgandi. Ertasi kuni shov-shuvli suhbat Kreml saytida e’lon qilindi. Bir kunni ichida intervyu 150 million martadan ko‘p ko‘rildi.
LiveBarchasi