X'da Putinning intervyusi 150 million marta ko‘rildi

Bu qiziq

image

Amerikalik jurnalist Taker Karlsonning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan intervyusi X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilinganidan keyin 23 soatdan ko‘proq vaqt ichida 150 milliondan ortiq ko‘rildi.

860 mingdan ortiq foydalanuvchi nashrga “yoqdi” belgisini qo‘ygan. Repostlar soni 269 mingtani tashkil qiladi.

Karlsonning YouTube-kanalidagi intervyuni ko‘rishlar soni 8,3 milliondan oshgan.

Putinning Karlson bilan suhbati 2 soat-u 6 daqiqa davom etdi va bu vaqt ichida Rossiya rahbari suhbatdoshining turli tushuntirishlarini hisoblab, 60 ga yaqin savolga javob berdi.

Putinning Karlsonga bergan intervyusi kecha, 9 fevral kuni e’lon qilindi. Uchrashuvda Putin jurnalistga Rossiya tarixi, NATO, AQSH, Xitoy, “Shimoliy oqim”dagi portlashlar, Rossiyada josuslikda ayblangan amerikalik jurnalist Evan Gershkovichning ozod etilishi hamda Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi kabi mavzularga oid savollarga ham javob bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Taker Karlson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing