Putin amerikalik jurnalistga intervyu berdi. Peskov buning sababini aytdi
Olam
−
07 fevral
20628Rossiya Prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga intervyu berdi. Buni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov tasdiqladi.
“Ha, buni tasdiqlayman. Intervyu e’lon qilinsa, albatta undan o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz", degan Kreml voizi.
Shuningdek, Peskov Putin nima uchun Karlsonga intervyu berishga qaror qilganini tushuntirdi.
"U boshqalardan farq qiladigan pozitsiyaga ega. Bu pozitsiya hech qanday tarzda rossiyaparastlik emas, u ko‘proq amerikaparast, lekin hech bo‘lmaganda an’anaviy anglo-sakson ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasiga ziddir”, deya tushuntirgan Kreml vakili.
Shuningdek, Prezident matbuot kotibidan Karlsonning so‘nggi paytlarda birorta ham g‘arblik jurnalist Putindan intervyu olishga urinmagani haqidagi gaplariga izoh berish va so‘nggi ikki yil ichida Kremlga Rossiya rahbari bilan uchrashish bo‘yicha G‘arb OAVlaridan birorta ham so‘rov olmagani haqida so‘ralgan.
“Yo‘q, janob Karlson aslida buni bilmaydi. Bizga Prezident bilan intervyu olish uchun ko‘plab so‘rovlar keladi, lekin gap asosan G‘arb mamlakatlarining yirik onlayn ommaviy axborot vositalari haqida bormoqda: an’anaviy telekanallar, yirik gazetalar – ular esa sodir bo‘layotgan voqealarni xolis yoritishni istamaydi”, degan Peskov.
Prezident matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, ularning barchasi biryoqlama pozitsiyani egallagan ommaviy axborot vositalaridir.
"Albatta, bunday ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o‘rnatish istagi yo‘q va bundan hech qanday ma’no yo‘q, bundan qandaydir foyda bo‘lishi dargumon", deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Shuningdek, Kreml vakili bir qator internet-resurslarda paydo bo‘lgan Putinning Karlson bilan suhbati “stenogrammasi” soxta ekanini aytdi.
"Gap mutlaq soxta narsa haqida ketayotgani aniq. Ular juda ko‘p bo‘lgan, bor va bo‘ladi ham, ularga tegishlicha munosabatda bo‘lish kerak", deydi Peskov.
Kreml Karlsonning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan ham intervyu olish niyatiga qanday munosabatda ekanligi haqidagi savolga Rossiya Prezidentining matbuot kotibi amerikalik jurnalistning niyatlari haqida gapira olmasligini esladi.
"Bu allaqachon Kiyevga tegishli masala, ular juda ko‘p intervyu berishadi", deya qo‘shimcha qildi Peskov.
“The Wall Street Journal” nashrining yozishicha, Karlson intervyuni ertaga, 8 fevral kuni e’lon qiladi. U jurnalistning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida va uning rasmiy veb-saytida paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 fevral kuni ertalab Karlson Putindan intervyu olish uchun Moskvaga borgani va keyinchalik Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan ham intervyu olishini aytgandi.
LiveBarchasi