Putin Zelenskiyning otasiga o‘xshamaganini tanqid qildi
Olam
−
09 fevral
14936Rossiya yetakchisi Vladimir Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan nega “neonatsistlarni” qo‘llab-quvvatlaganini so‘radi.
“Uning otasi Ikkinchi jahon urushi paytida fashistlarga qarshi kurashgan, men u bilan bu haqda bir marta gaplashganman: “Volodya, nima qilyapsan? Nima uchun bir paytlari otang fashizmga qarshi kurashgan bo‘la turib, ayni paytda Ukrainadagi neonatsistlar (Ikkinchi jahon urushidan keyingi millatchilik va irqchilik bilan bog‘liq ijtimoiy va siyosiy harakatlar tarafdorlari)ni qo‘llab-quvvatlayapsan?” deb so‘radim undan. U nima deb javob berganini aytmayman, bu alohida masala”, degan Putin.
Rossiya Prezidenti Zelenskiy Moskva bilan mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish erkinligiga egami, degan savolga ham javob bergan.
Putinning fikricha, bunday erkinlik mavjud.
“Ammo tanlash erkinligiga kelsak, nega yo‘q? U Ukraina aholisining mamlakatda tinchlikni ta’minlashini kutgan holda hokimiyat tepasiga kelgan. U bu haqda gapirdi – shuning uchun u saylovlarda katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. U o‘zini davlat rahbari deb biladi, saylovlarda g‘alaba qozondi. Garchi biz Rossiyada 2014 yildan keyin sodir bo‘lgan hamma narsa hokimiyatning asosiy manbai davlat to‘ntarishi ekanligiga ishonamiz va bu ma’noda bugungi hukumat ham nuqsonli. Ammo u o‘zini Prezident deb hisoblaydi va shu maqomda uni Qo‘shma Shtatlar, butun Yevropa va deyarli butun dunyo tan oladi”, deydi Rossiya Prezidenti.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy hokimiyatga kelganidan keyin ikki narsani tushundi.
“Birinchidan, neonatsistlar va millatchilar bilan janjallashmagan ma’qul, chunki ular tajovuzkor va juda faol – ulardan hamma narsani kutish mumkin. Ikkinchidan, AQSH boshchiligidagi G‘arb ularni qo‘llab-quvvatlaydi va Rossiyaga qarshi kurashayotganlarni doim dastaklaydi – bu foydali va xavfsiz. Shunday qilib, u o‘z xalqiga Ukrainadagi urushni tugatishga va’da berganiga qaramay, tegishli pozitsiyani egalladi ", deydi Rossiya rahbari.
LiveBarchasi