Armanistonda jurnalist va siyosatşunos jonli efirda muştlaşib ketdi (video)
Olam
−
20:12 505 2 daqiqa
Armanistonda jonli efir çoğida jurnalist va siyosatşunos muştlaşib ketdi. Bu haqda “Novosti Armeniya” xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Ona Armaniston” muxolifat harakati vakili, jurnalist Boris Murazi va siyosatşunos Arutyun Mkrtçyan Jamoat televideniyesining “Katta debatlar” dasturi vaqtida bahslaşib qolgan. Körsatuv jonli efirda uzatilayotgan bölgan. Munozara davomida iştirokçilar örtasida özaro haqorat va tahdidlar bilan keçgan dahanaki jang yuzaga kelgan.
Şundan söng, mojaro muştlaşuvga aylanib ketgan. Erkaklar öz örinlaridan sakrab turib, bir-biriga zarba bergan. Hodisa Armaniston muxolifat kuçlarining siyosiy kun tartibini muhokama qiliş vaqtida sodir bölgan.
“Katta debatlar” dasturi mehmonlari örtasida muştlaşuv boşlanganidan söng boşlovçilar efirni töxtatgan, studiyaga xavfsizlik xizmati xodimlari kirib borgan.
Eslatib ötamiz, joriy yil oktyabr oyi oxirida Armaniston Milliy majlisida hukmron “Fuqarolik şartnomasi” partiyasi va muxolifatdagi “Kuçli Armaniston” fraksiyasi deputatlari örtasida ommaviy muştlaşuv sodir bölgan edi. Parlament majlisini töxtatişga töğri kelgan. Mojaro Hisob palatasi a’zoligiga nomzodni muhokama qiliş çoğida kelib çiqqan. Hukmron partiya deputati Taron Çaxoyan muxolifat fraksiyasi rahbari Narek Karapetyanning oilasini keskin tanqid qilib çiqqan edi.
Live
Barchasi