Jo Bayden va uning oilasi namoyişçilar hujumiga uçradi (video)

Olam

−

image

AQŞning sobiq prezidenti Jo Bayden va uning oilasi Dublindagi tadbirdan çiqayotganida namoyişçilar hujumiga uçradi. Xususan, ayrimlar ularga yaqinlaşib, turli buyumlarni uloqtirdi. Hodisa ortidan kamida ikki kişi hibsga olindi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, voqea keça, 10 noyabr kuni Baydenning Dublindagi Triniti kollejiga taşrifi vaqtida yuz bergan. U kollejga rafiqasi Jill Bayden bilan birga borgan. Ular öğli Xanter Baydenga jamoatçilik muhokamalariga qöşgan hissasi uçun Oltin medal topşiriş marosimida iştirok etgan.

Bayden va uning oilasi kollejning Tarix jamiyati tadbirida bölgan paytda bino taşqarisida Falastin tarafdori bölgan namoyişçilar yiğilgan. Ularning ayrimlari Irlandiya politsiyasi tomonidan uşlangan.

Irlandiyaning RTÉ telekanalining xabar berişiça, Bayden va uning oilasi tadbir ötkaziladigan joyni tark etayotganlarida, ba’zi odamlar oldinga siljişgan va narsalar uloqtirgan.

Hodisa joyiga bir neça nafar politsiyaçi va jamoat tartibini saqlaş bölinmasi xodimlari jalb qilingan. Kamida ikki kişi hibsga olingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning sobiq prezidenti Jo Baydenning prostata saratoni tanasining boşqa qismlariga, jumladan, suyaklariga ham tarqalib ketgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing