Dunyo qochqinlari Ukraina hisobiga yana 3,5 millionga ortdi 

Olam

image

Ukrainada urush boshlangan 24 fevraldan buyon mamlakat tark etayotganlar bir oy o‘tib 3,5 millionga yetdi. Mamlakatda qolayotgan tinch aholining 953 nafari halok bo‘ldi, yana 1 557 nafari yaralandi. Bu haqda  Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi boshqarmasi bayonotida ma’lum qilindi

Hisobotga ko‘ra, 3 million 557 ming 245 nafar ukrainalik qo‘shni davlatlarga ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan. Ularning yarmidan ko‘pi Polshaga ketgan.

Shunday qilib, 2 113 554 ukrainaliklar Polsha, 543 308 Ruminiya, 367 913 Moldova, 317 863 Vengriya, 253 592 Slovakiya, 252 376 Rossiya va 4308 boshqa Yevropa davlatlariga va Belarusga qochgan. 

Shuningdek, 18-23 fevral kunlari oralig‘ida Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlaridan 113 ming kishi Rossiyaga qochgan.

Bundan tashqari, BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi halok bo‘lgan va yaralangan tinch aholi soni ma’lum qilinganidan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi 10 yil ichida dunyoning turli mamlakatlarida ro‘y bergan urushlar va qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida o‘z mamlakatini tashlab qochganlar soni 85 millionga yetdi va ular orasiga 3,5 million ukrainalik qo‘shildi. Bu raqamlar yaqin kelajakda yanada ortishi kutilmoqda. 

2014 yildan bugunga qadar O‘rtayer dengizida 25 ming qochqin halok bo‘lgan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

5

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing