Dars o‘tgan hokimlar, Toshkentga kelgan elektrobus, imtiyozi kamaygan imtiyozli kredit va boshqa xabarlar
Jamiyat
−
04 Sentabr 2019
48154 sentyabr sanasi ham oxirlab boryapti. Quyida bugun dunyoda va O‘zbekistonda yuz bergan eng muhim voqealarga to‘xtalib o‘tamiz.
TIV Turkiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ayni vaqtda Turkiyada bo‘lgan va u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Sud 11 yoshli qizning nikohini bekor qildi (video)
Eronning Ko‘hliguyeh va Buyur Ahmad provinsiyasi sudi ijtimoiy tarmoqlarda videosi tarqalgan katta erkak va kichik yoshli qiz o‘rtasidagi nikohni bekor qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qizning ota-onasini sudga chaqirishgan. Ular taqdim etgan tug‘ilganlik guvohnomasiga ko‘ra, qiz 11 yoshda bo‘lgan. Kuyov esa 22 yosh. Oilaning so‘zlariga qaraganda, yangi kelin-kuyov bir-biri bilan tanishib olishi uchun vaqt berilishi, ular darhol er-xotin sifatida birgalikda yashashi kerak bo‘lmagan.
Sobiq vazir dunyodagi eng xavfli davlatni aytdi
AQSH sobiq Mudofaa vaziri Jeyms Mettis Pokistonni jamiyatni radikallashishi va yadro potensialining jadal rivojlanishi sababli dunyodagi eng xavfli mamlakat deb bilishini aytdi.
Kecha, 3 sentyabr kuni Pentagon sobiq rahbarining " Call Sign Chaos: Yetakchilikni o‘rganish" kitobi sotuvga chiqdi. Unda Mettis shunday deb yozgan: "Men muomala qilgan barcha mamlakatlardan Pokistonni eng xavfli deb bilaman."
“Prokuratura xodimi” 9 yilga qamaldi
Sirdaryo viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tuman sudida o‘zini prokuror deb, odamlarni aldab, pulini olgan fuqaroga hukm o‘qildi. Sirdaryo viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tuman sudi raisi O.Nabiyevning ma’lum qilishicha, aybdor Ikrom Teshaboyev (ism-shariflar o‘zgartirildi) o‘zini prokuratura tizimida ishlovchi xodim deb, 3 ta jinoyatni amalga oshirgan.
Dollarning rasmiy kursi yana qimmatladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 5 sentyabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9384,57 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 10,64 so‘mga qimmatladi.
Arzon uy-joy uchun kreditning imtiyozli davri qisqartirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan (hozirga qadar 3 yillik), birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz, keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida (hozir 16 foiz) beriladi.
Qozog‘istonda 23 yil qul bo‘lgan Zuhra
23 yildan so‘ng, Qozog‘istonga ishlash uchun ketgan Zuhra Boltoyeva Qirg‘izistonga qaytib keldi. Zuhra Boltoyevaning opasi Sonya Boltoyeva singlisining yaqinda ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarilgani, uning 27 yoshli yagona o‘g‘li uni bir marta ko‘rgani va onasi bilan gaplashmaganini ta’kidladi.
Hokim o‘rinbosarini yoqib yuborgan yakkabog‘lik tadbirkor ishi sudga jo‘natildi
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Bahriddin Isomovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari tamomlandi. Bahriddin Isomov JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “g,l” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, sudning ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan.
Zafar Ro‘ziyev va Shuhrat G‘aniyev maktablarga borib, dars o‘tdi
Bugun, 4 sentyabr kuni O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 9904 ta davlat umumta’lim maktablarida 2019-2020 o‘quv yili boshlandi.
2019-2020 o‘quv yilida maktablarda jami 6,16 mln nafar o‘quvchi tahsil oladi. O‘tgan o‘quv yiliga nisbatan bu yil o‘quvchilar soni 338,56 ming nafarga ko‘p. Shundan 620 ming nafardan ortiq o‘quvchilar ilk bor 1-sinfga qadam qo‘ydi. Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev va Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bugun maktablarga borib, “Mustaqillik darsi”ni o‘tib berganlar.
Sud Atamboyevga oid shikoyatni rad etdi
Bugun, 4 sentyabr kuni Bishkek shahar sudi Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevni hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sobiq davlat rahbarining advokati Sergey Slesarevning ma’lum qilishicha, Bishkek shahar sudi sobiq Prezidentni hibsga olish va hibsga olishning noqonuniyligi haqidagi shikoyatni rad etgan.
Toshkentdagi yo‘nalishlardan biriga elektrobus olib kelindi
"Toshshahartransxizmat" AJ va Belarusning “Belkommunmash” kompaniyasi o‘rtasidagi memorandumga asosan Toshkent shahri jamoat transporti harakat tarkibida elektrobuslarni sinov tariqasida yurgizish rejalashtirilgan edi. Shunga muvofiq bir dona ana shu turdagi transport vositasi Toshkent shahriga keltirildi.
Botir Zokirov Qurilish vaziri lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga rahbar tayinlandi. Bugungacha Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Botir Erkinovich Zokirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 31 avgustdagi Farmoniga binoan Qurilish vaziri lavozimiga tayinlangan.
Biologlar rad etgan hodisa yuz berdi
Temza daryosi qirg‘oqlarida yana tyulenlar ko‘paya boshladi. 2018 yilda Temza daryosi qirg‘oqlarida 183 ta tyulen bolasi dunyoga kelgan. Bu biologlarni juda hayratda qoldirdi, chunki yetmish yil davomida daryo qirg‘oqlari “biologik o‘lik”, deb topilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, oddiy va uzuntumshuq tyulenlar soni o‘sib bormoqda. Ammo mutaxassislar bunday ko‘payish tabiiy yo‘l bilanmi yoki migratsiya tufayli ekanini hozircha aniqlagani yo‘q.
Markaziy Osiyodagi eng qashshoq davlat nomi e’lon qilindi
Jahon Banki Markaziy Osiyo uchun muhim bo‘lgan tahlil natijalarini e’lon qildi. Unda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi qaysi davlat iqtisod jihatidan ortda qolayotgani va qashshoq ekani aks etgan.
Jahon banki tahlilchilarining ta’kidlashicha, Tojikiston so‘nggi yigirma yil davomida o‘sish va boshqa yutuqlarga qaramay Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodi eng past ko‘rsatkichlarga ega davlat bo‘lib qolmoqda.
LiveBarchasi