Chexiya bir shart bilan Ukrainaga ko‘proq sovet tanklari berishini aytdi

Olam

image

Chexiya Ukrainaga ko‘proq sovet tanklarini yuborishi mumkin. Ammo buning uchun Germaniya zamonaviy modeljagi taknlardan sovg‘a qilishi kerak. Bu haqda “Reuters” agentligi Chexiya Mudofaa vaziri Yana Chernoxovaga tayanib xabar berdi.

Xususan, Germaniya Chexiyaga “Leopard” tanklarini jo‘natsa, Chexiya Ukrainaga Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan tanklardan ko‘proq yuborishi mumkin bo‘ladi.

Chernoxov Germaniya Chexiyaga “Leopard” tanklarining eng zamonaviy versiyasini yuborishini kutmayapti.

“Menimcha, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Bu “Leopard” tanklarini olish bilan bog‘liq”, deydi u.

Chexiya Rossiya Ukrainaga 24 fevralda bostirib kirganidan beri Ukrainaga bir nechta modernizatsiya qilinmagan tanklarni yuborgan.

Chexiya, shuningdek, Ukrainaga armiya omborlari va xususiy qurol kompaniyalari, jumladan artilleriya, piyoda jangovar mashinalari, havo hujumidan mudofaa uskunalari va bir nechta raketa tizimlarini yubordi.

Shundan so‘ng Rossiya unga nota jo‘natib, uning roziligisiz Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan qurollarni yetkazib bera olmasligi haqida ogohlantirgan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing