BMT konferensiyasida diplomatlar Rossiyani boykot qildi (video)
Olam
−
01 mart 2022
16185Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning BMT konferensiyasidagi nutqi translyatsiyasi chog‘ida bir qator G‘arb delegatsiyalari boykot e’lon qilib, zalni tark etishdi. Bu haqda “Frans Press” agentligi xabar bermoqda.
“Diplomatlar Lavrovning oldindan yozib olingan nutqi boshida zalni qo‘pollik bilan tark etishdi”, deyiladi xabarda.
Agentlikning ta’kidlashicha, eshittirish boshlanganda “ko‘p sonli” davlatlar diplomatlari zaldan shoshilib chiqib ketishgan. Shu bilan birga zal tashqarisida demarsh olqishlar bilan kutib olingan. Yaman, Jazoir, Venesuela, Suriya va Tunis delegatsiyalari rossiyalik vazirni tinglash uchun qolgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Lavrovni boykot qilgan diplomatlarni “ikkiyuzlamachilar va mutaassiblar” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “rejimi Donbassda tinch aholini o‘ldirgan” Ukraina uchun bunday boykot hech qachon tashkil qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrovning BMT Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi va Qurolsizlanish bo‘yicha konferensiyaga tashrifi Yevropa ustidagi havo hududi Rossiya uchun yopiqligi sababli bekor qilingani xabar qilingandi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.
Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.
Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
LiveBarchasi