Bishkekda komendantlik soati joriy qilindi
Olam
−
10 Oktabr 2020
8334Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda namoyishlar davom etayotgan bir vaqtda komendantlik soati joriy qilindi. Bu haqda RIA Novosti Bishkek Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Komendatning qarori bilan Bishkekda soat 21:00 dan 5:00 gacha komendatlik soati amal qiladi”, deygan matbuot xizmati vakili.
Shuningdek, shaharda yig‘ilish va mitinglar o‘tkazish ham taqiqlandi. Soat 18:00 dan soat 9:00 gacha alkogol mahsuloit sotish ham taqiqlandi.
Ma’lum qilinishicha, Bishkek komendaturasiga vazyat normallashishiga to‘siq bo‘luvchi siyosiy partiyalar va jamoatchilik tashkilotlari faoliyatini taqiqlashga ham ruxsat berildi.
Avvalroq, Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov qarori bilan Bishkek shahrida favqulodda holat rejimi joriy qilindi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovning dastlabki natijasidan norozi partiyalar tarafdorlari Bishkekda norozilik namoyishini boshladi. Keyinroq namoyish tartibsizlikka aylanib ketdi.
Namoyishchilar avvalo mamlakat parlamenti binosi – Oq uyni egalladi. Bu binoda Prezident Administratsiyasi ham joylashgan. 6 oktyabr ertalab Hukumat binosi ham namoyishchilar qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga bostirib kirib, u yerda saqlanayotgan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni ozod qildi. Shuningdek, siyosiy mahbuslardan sobiq Bosh vazir Sapar Isakov ham qamoqdan chiqarildi. Ozod qilinganlar orasida Bishkek shahrining sobiq meri Albek Ibraimov ham bor.
Prezident Sooronbay Jeenbekov yuz berayotgan tartibsizliklar bo‘yicha bayonot berib, ba’zi siyosiy kuchlar davlat hokimiyatini noqonuniy ravishda egallab olishga uringanini aytib o‘tdi.
Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.
Hozirgacha Jo‘qorg‘u Kenesh spikeri Dastan Jumabekov va mamlakat Bosh vaziri Kubatbek Boronov iste’foga chiqdi. Ularning o‘rniga muxolifat vakillari tayinlandi.
O‘zbekiston qo‘shni Qirg‘izistonda yuz berayotgan voqealarga munosabat bildirib, jiddiy tashvishda ekanini bildirdi.
LiveBarchasi