Bayden va Zelenskiy ocharchilikka sabab bo‘lgan Prezident sifatida tarixda qoladi – Volodin

Olam

image

AQSH va Ukraina rahbarlari Jo Bayden va Vladimir Zelenskiy sayyoramizda ocharchilikni keltirib chiqargan Prezidentlar sifatida tarixda qoladi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin aytib o‘tgan. 

“Bayden va Zelenskiy Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealarning oqibati nima bo‘lishini tushunishlari kerak. Nima bo‘lganda ham Ukrainadan donni eksport qilish mumkin emas. Bundan ukrainaliklarning o‘zi jabr ko‘radi. Bayden va Zelenskiy o‘z maqsadiga erishadilar – ular sayyoramizda ocharchilikni keltirib chiqargan Prezidentlar sifatida tarixda qoladi”, deydi Volodin. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi vaziyat oddiy emas, mamlakatning ko‘plab hududlarida bahorgi dala ishlari to‘liq bajarilmagan. Bu oziq-ovqat taqchilligiga olib kelishi mumkin.

"Yevropa Ittifoqi Rossiya va Belarusdan o‘g‘itlarni yetkazib berishni taqiqlab, allaqachon ularning taqchilligiga duch kelgan. Kaliyga esa umuman yo‘q. Rossiya qarshi qo‘llangan sanksiyalar o‘ylamasdan qabul qilingan. Cheklovlar birinchi navbatda oziq-ovqat bilan muammosi bor davlatlarga zarba berdi. Yevropada esa don narxi oshishiga sabab bo‘ldi”, deydi Volodin. 

Davlat Dumasi spikerining so‘zlariga ko‘ra, bo‘layotgan ishlarning barchasi shu yil oxirida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ocharchilikni keltirib chiqarishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSH va Yevropa Ittifoqi Afrika hamda Yaqin Sharq mamlakatlariga oziq-ovqat inqirozining oldini olish maqsadida  ekanini aytib, 2,5 oy ichida Ukrainadan 20 million tonna donni eksport qilish niyatidaligini, bu esa mamlakatda oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqarishini aytgandi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukrainaga bosqin Rossiya-Ukravina urushi

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing