Bayden sahnada yiqilib tushdi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Koloradodagi AQSH Harbiy-havo kuchlari akademiyasi kursantlariga diplom topshirish marosimida yiqilib tushdi. Uning yiqilgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videolarda ko‘rish mumkinki, Oq uy rahbari sahnada turganida oyoqlari ostidagi qutiga qoqilib tushgan. U o‘rnidan turishga qiynalib, muvozanatini saqlay olmagan.

Shundan so‘ng yordamga kelgan soqchilar amerikalik yetakchini oyoqqa turg‘izishga yordam bergan.

Uning olishi mumkin bo‘lgan jarohatlari haqida ma’lumot hali olinmagan. 

Qayd etish kerakki, bu yil 81 yoshni qarshilagan Jo Bayden AQSH tarixidagi eng keksa Prezidentga aylandi. Shuningdek, u shu yilning 25 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun nomzodini rasman e’lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Barak Obamaning sobiq vrachi Ronni Jekson amaldagi Prezident Jo Baydendan aqliy qobiliyatini tekshiruvchi test topshirish yoki 2024 yilgi Prezidentlik saylovlarida qatnashmaslikni talab qilgandi. 

Baydenning aqliy qobiliyatiga nisbatan shubhalar bejizga emas. Misol uchun, u joriy yilning mart oyida Kanadaga borganida uning nomini Xitoy bilan adashtirib yuborgandi. Shuningdek, yanvar oyida Oq uyda nutq so‘zlash vaqtida adashib, vitse-prezident Kamola Xarrisni “prezident” deb atagandi. Bundan tashqari, Baydenning nutq vaqtida “yo‘q odamlar” bilan gaplashishi yoki ularga qo‘l berishi holatlari ham tez-tez yuz berib turadi. 

Ushbu kamchilik Respublikachilar partiyasi vakillarining va boshqa davlat arboblarining istehzolariga sabab bo‘lib keladi. Xususan, Bayden bo‘lajak saylovlarda qatnashishini e’lon qilganidan so‘ng Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirib, unda Baydenni “umidsiz boboy” deb atagan hamda amerikalik harbiylarga Bayden saylovda g‘alaba qozongan taqdirda yadroviy qurollarning soxta parolli qalbaki chamadonini tayyorlashni maslahat bergan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing