Bayden yana “qovun tushirdi”. Bu gal u Xitoy va Kanadani ajrata olmadi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 24 mart kuni Kanadaga tashrifi davomida mamlakat Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan qo‘shma matbuot anjumanida qatnashdi. AQSH yetakchisi parlamentga chiqib gapirarkan, nutqida Xitoy va Kanada nomlarini adashtirib yubordi. Ushbu holat tasvirlangan video “National Post” tomonidan e’lon qilindi.

Jo Bayden Kanadani Xitoy bilan adashtirib yuborishi Kanada parlamentida o‘tirganlarning kulgi va qarsaklariga sabab bo‘lgan.

“Bugun men Xitoyni ochiq gapirgani uchun olqishlayman... Kechirasiz, men Kanadani olqishlayman. Bilasizmi... Xitoy haqida nima deb o‘ylayman. Lekin keling, bu haqda hali gapirmaylik”, deya xatosini to‘g‘rilashga uringan Bayden.

Eslatib o‘tamiz, 80 yoshli Jo Bayden so‘nggi vaqtlarda bu kabi xatoliklarga tez-tez yo‘l qo‘ymoqda. U Oregon shtatidagi nutqi chog‘ida o‘z familiyasini hazil tariqasida “Bidden... Jo Bidden” deb noto‘g‘ri aytib yuborgan edi. 2021 yilning mart oyida, 2022 yilning yanvar oyida hamda joriy yilning 5 yanvar kuni turli nutq so‘zlarida yanglishib, Kamola Xarrisni “prezident”, deb atagan edi.

Shuningdek, Bayden sobiq Prezidentlar Donald Tramp va Barak Obama nomida ham chalkashib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden qovun tushirdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing