Tramp Bayden imzolagan hujjatlarni bekor qildi
Olam
−
29 noyabr 2025 2754 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldingi rahbar Jo Bayden avtopen (avtomatlashtirilgan imzo qo‘yish qurilmasi) yordamida imzolagan barcha buyruq va hujjatlarning bekor qilinishini e’lon qildi. Bu haqda u Truth Social'dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Uyquchi Jo Bayden tomonidan avtopen bilan imzolangan har qanday hujjat bekor qilinadi va bundan buyon hech qanday kuchga ega emas”, dedi Tramp.
Uning aytishicha, bunday qurilma faqat “AQSH Prezidentining aniq ruxsati” bilan ishlatilishi mumkin.
“Jo Bayden avtopen jarayonida ishtirok etmagan. Agar u aksini aytsa, unga yolg‘on guvohlik berganlik bo‘yicha ayblov qo‘yiladi”, dedi Tramp.
Bunga javoban Bayden avvalroq qarorlarni og‘zaki ma’qullaganini, ko‘p sonli hujjatlar sabab yordamchilari avtopenni ishlatganini tushuntirgan.
Trampning ta’kidlashicha, avtopen orqali imzolangan hujjatlar Bayden davridagi barcha hujjatlarning taxminan 92 foizini tashkil etadi. Joriy yil mart oyida Tramp Bayden imzolagan ayrim afv hujjatlarini “haqiqiy emas”, deb e’lon qilgan, chunki ularning mazmunidan “Baydenning o‘zi bexabar bo‘lganini” iddao qilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil iyun oyi boshida “Reuters” agentligi Adliya vazirligi Baydenning hujjatlarni imzolash vakolatlari va xodimlari tomonidan avtopenning noqonuniy ishlatgani-ishlatilmaganini o‘rganish bo‘yicha tergov boshlaganini xabar qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp ayrim bojlarni bekor qilgani haqida xabar berilgandi. Tramp 200 dan ortiq mahsulotlarga, jumladan, qahva, mol go‘shti, banan va apelsin sharbatiga joriy etgan oshirilgan bojlarni bekor qilgandi. Bu qaror AQSH aholisi orasida oziq-ovqat narxining oshayotgani tufayli kuchaygan xavotirlar fonida qabul qilingan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025