O‘zbekiston terma jamoasida kulgili muammo yuzaga keldi

Sport

image

Avval xabar berilganidek, FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Amerika Qo‘shma Shtatlari va Meksika bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Ayni maqsadda kecha, 7 sentyabr kuni o‘zbekistonliklar AQSHning Sent-Luis shahriga yetib borgan. Biroq jamoa a’zolarining 10 dan ortiq bagaji noma’lum sababga ko‘ra qolgan yuklar qatoridan topilmagan. Bu haqda “Samvel Karlenich” Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Manbaga ko‘ra, yo‘qolgan bagaj orasida ba’zi futbolchilarning ekipirovka va butsalari ham bor. Hozirda manzilgacha yetib kelmagan bagajlarni tezroq Sent-Luis shahriga yetkazish bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda.

Aytish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda “Hotel Sent Louis” mehmonxonasiga joylashgan hamda joriy yilning 10 sentyabrida Toshkent vaqti bilan 03:30 da start oladigan o‘rtoqlik o‘yiniga tayyorgarlik jarayonlarini boshlab yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi bahsni gonduraslik Nelson Salgado boshqarib borishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Srechko Katanets qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13 sentyabr kuni tarkibida Gilermo Ochoa, Raul Ximenes, Ektor Errera va Edson Alvares kabi taniqli futbolchilari bo‘lgan Meksika termasi bilan ham o‘zaro bahs olib boradi.  O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Xitoy va Vetnamga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Meksika FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing