Meksikaning O‘zbekistonga qarshi tarkibi e’lon qilindi

Sport

image

Avval xabar berilganidek, FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQSH va Meksika bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O‘zbekiston vakillari Shimoliy Amerikaga bo‘ladigan safar chog‘ida AQSH bilan 10 sentyabr, Meksika terma jamoasi bilan esa 13 sentyabr kuni o‘yin o‘tkazishi rejalashtirilgan. 

Meksika  termasi ushbu bellashuvda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilarining kengaytirilgan ro‘yxatini e’lon qildi. Mazkur tarkibda Gilermo Ochoa, Raul Ximenes, Ektor Errera va Edson Alvares kabi taniqli nomlarni uchratish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi bahsni gonduraslik Nelson Salgado boshqarib borishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Srechko Katanets qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Xitoy va Vetnamga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Meksika FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing