Rasman: O‘zbekiston termasi AQSHga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida AQSHda yig‘in o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA Axborot xizmati xabar berdi 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston vakillari sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Bolgariyaga qarshi uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgandi. Biroq murabbiylar shtabining qarori bilan ular Amerika Qo‘shma Shtatlarida yig‘in o‘tkazadigan bo‘ldi. 

Unga ko‘ra, Srechko Katanets shogirdlari yig‘in doirasida 10 sentyabr kuni FIFA reytingida 11-o‘rinni egallab turgan AQSH milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Toshkent vaqti bilan 03:30 da start oladigan mazkur uchrashuv Missuri shtati Sent-Luis shahridagi “CityPark” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Futbol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing