O‘zbekiston-AQSH o‘yinini kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
29 avgust 2023
4039FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQSH va Meksika bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi bahsni gonduraslik Nelson Salgado boshqarib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
Salgadoga qanotlarda Limanuel Sola va Jairo Morales (Puerto-Riko) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Melvin Matamorosga (Gonduras) topshirilgan.
O‘zbekiston-AQSH o‘yini 9 sentyabr kuni “CityPark”da o‘tkaziladi.
AQSHdagi yig‘in doirasida Srechko Katanets shogirdlari Meksika terma jamoasi bilan ham bahs olib boradi. Mazkur o‘yin 12 sentyabr kuniga belgilangan.
LiveBarchasi