Aybdorni qidirish emas, sabablarni topish kerak – Azizov MTJ asosiy maqsadini aytdi
Sport
−
19 iyun 2021
7478Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqa olmagani jamoatchilikning muhokama markazida bo‘lib turibdi.
Bugun, 19 iyun kuni MTJning JCHga chiqa olmagani bo‘yicha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda DXX raisi - O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov ham ishtirok etdi.
O‘zbekistonning mundialdan qolib ketishiga to‘xtalgan Azizov hozir bu uchun aybdorlarni qidirish emas, balki bo‘lg‘usi musobaqalarga tayyorlanish kerakligini urg‘uladi.
“Birinchi navbatda bugun aybdorni qidirish emas, sabablarni topib, ularni bartaraf qilish va keyingi 4 yillikka qadam qo‘yishimiz kerak. 2023 yilda Osiyo kubogi, undan keyin Jahon chempionati saralash o‘yinlari bor. Bugundan shularga e’tibor qaratishimiz kerak”, deydi Azizov.
U nutqi davomida klublar akademiyalari o‘rtasida musobaqa o‘tkazishi, assotsiatsiya inspeksiyasi har oy akademiyalar faoliyatini nazorat qilib borishi kerakligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilishda MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov iste’foga chiqarildi, shuningdek Odil Ahmedov MTJdagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi