Kongressdagi ilk musulmon yoxud otdan tuşsa ham egardan tuşmayotgan Tramp – Weekend

Tahlil

−

Reklama
0:00

AQŞ Senatida tarixiy özgariş yuz berdi. Abdul El–Sayed AQŞ tarixidagi ilk musulmon senatorga aylandi. Uning ğalabasi bilan bir qatorda Demokratik partiya Donald Tramp uçun muhim siyosiy tayanç bölib kelgan bir qator ştatlarda ham muvaffaqiyat qozondi. Hatto an’anaviy ravişda respublikaçilar ustunlik qiladigan hududlarda ham siyosiy muvozanat özgardi.

Ötgan ikki yil davomida AQŞ hukumati töliq Respublikaçilar nazoratida böldi. 2024-yilgi umumiy saylovlardan söng ular Senatda ham, Vakillar palatasida ham köpçilik örinni egalladi. Oq uyga esa respublikaçi Donald Tramp qaytdi. Biroq oraliq saylovlar natijalari amerikaliklarning sönggi ikki yilda olib borilgan siyosatdan noroziligini körsatmoqda.

AQŞda bölib ötgan oraliq saylovlar natijalari hali töliq yakunlanmagan bölsa-da, Demokratik partiya allaqaçon muhim ğalabalarni qölga kiritdi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, demokratlar Senatda 54 ta, Vakillar palatasida esa 435 örindan 228 tasini egalladi. Donald Tramp esa saylov natijalarini qabul qilişga tayyorligini bildirdi. Endi janob şoumen avvalgidek istagan qarorini osonlik bilan amalga oşira olmaydi.

AQŞ tarixidagi ilk musulmon senator

Saylovlarning eng diqqatga sazovor natijalaridan biri Senat tarkibida kuzatildi. Abdul El-Sayed AQŞ tarixidagi ilk musulmon senatorga aylandi. Prezident Donald Tramp tomonidan qöllab-quvvatlangan Mayk Rojers esa saylovda mağlubiyatga uçradi.

El-Sayed 4 noyabr kuni tongda xalqqa murojaat qilib, unga va boşqa kutilmagan nomzodlarga imkoniyat bergan saylovçilarga minnatdorlik bildirdi.

“Ular ba’zilarimiz uçun öta tor bölgan Amerikani xohlaşgan edi. Biz esa bu barçamiz uçun yetarliça keng Amerika ekanini bilamiz”, dedi u.

Qiziği, Abdul El-Sayed saylovoldi kampaniyasi davomida Tramp va Rojers tomonidan kommunist sifatida tasvirlangan. Uning Isroilga munosabati hamda diniy qaraşlari ham tanqid qilingan edi. Şunga qaramay, saylov natijalari El-Sayedning ğalabasi bilan yakunlandi.

Bu natija AQŞ siyosatida musulmon nomzodlarning örni, ijtimoiy yordam masalalari va mamlakatdagi diniy hamda siyosiy xilma-xillik borasidagi munozaralarni yana kun tartibiga olib çiqdi.

Demokratlar Trampni tor–mor qildi

Endi Donald Tramp prezidentligining qolgan ikki yilini ança murakkab şaroitda ötkazişi kutilmoqda. 3 noyabr kuni ötkazilgan oraliq saylovlarda Demokratik partiya nafaqat Vakillar palatasini, balki Senatni ham respublikaçilardan tortib oldi. Saylov natijalari Trampning siyosiy kun tartibiga jiddiy zarba sifatida baholanmoqda.

AQŞdagi oraliq saylovlar prezidentlik saylovlaridan ikki yil ötib, prezident vakolatining örtasida ötkaziladi. Bu safar ham noyabr oyining birinçi seşanbasi – 3 noyabr asosiy ovoz beriş kuni böldi. Saylovçilar Kongress Vakillar palatasining barça 435 a’zosini, Senatning 35 örnini, şuningdek, bir qator ştat gubernatorlari va mahalliy vakillik organlari a’zolarini sayladi.

Oraliq saylovlarning ahamiyati şundaki, ular prezidentning qonunçilik taşabbuslarini amalga oşiriş imkoniyatiga bevosita ta’sir qiladi. Kongressning har ikki palatasida demokratlar köpçilikni taşkil etişi Tramp uçun qonun loyihalarini ötkaziş, byudjet masalalarini hal qiliş va davlat lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlaş jarayonlarini ança murakkablaştiradi.

Associated Press xabarlariga köra, demokratlar Senat hamda Vakillar palatasida nazoratni qölga kiritdi. 4 noyabr kuni e’lon qilingan dastlabki hisob-kitoblarda Senatda demokratlar va ular bilan ovoz beruvçi mustaqil senatorlar 54 öringa, respublikaçilar esa 44 öringa ega bölgani körsatilgan.

Vakillar palatasida esa 435 örindan 367 tasi böyiça natijalar aniqlangan: demokratlar 228, respublikaçilar 139 örinni qölga kiritgan. Qolgan okruglarda ovozlarni sanaş davom etayotgan edi.

Bu natija Tramp ma’muriyati uçun jiddiy siyosiy tösiq bölişi mumkin. Demokratlar yangi Kongressda prezident ma’muriyati faoliyatini tekşiriş, qonunçilik taşabbuslarini töxtatiş va Senatdagi vakolatlari orqali uning nomzodlarini tasdiqlamaslik imkoniyatiga ega böladi.

Tramp esa natijalarni tan olişini va demokratlar bilan işlaşni kutayotganini aytdi.

“Men bu natijalarni qabul qilişga mutlaqo tayyorman. Biz demokratlar bilan işlaymiz va ular bilan hamkorlik qilişni kutamiz. Biz baribir bir töxtamga kelişimiz mumkin”, dedi u.

Şuningdek, u özining Truth Social tarmoğidagi sahifasida nomzodlarning ğalabalari va mağlubiyatlari ortidagi sabablarni tahlil qilişini aytib, ortida “VETO” yozuvi tuşirilgan qizil kepkaning suratini joyladi.

“Ular aqlga siğmaydigan narsalarni yuborişadi va men ularga veto qöyaman. Bir neça oylik vetolardan söng ular qönğiroq qilib: ’Buni qanday hal qilamiz?’ deyişadi. Ana öşanda birga işlaymiz. Veto kuçi — bu prezident ega bölgan eng kuçli vakolatlardan biridir”, deya qöşimça qildi u.

Otdan tuşsa ham egardan tuşmaydigan janob Tramp ötgan ikki yildagi faoliyatini hanuz muvaffaqiyatli deb baholamoqda. 3 noyabr kuni The New York Times naşriga bergan intervyusida Oq uy rahbari 2024 yildan buyon olib borayotgan siyosatini “har qanday prezident tarixidagi eng muvaffaqiyatli ikki yillik davr” deb atadi.

Şuningdek, u saylovdagi mağlubiyat sabablaridan biri sifatida byulletenlarda öz ismi bölmaganini körsatdi.

“Men saylov byulletenida yöq edim va agar bölganimda, biz köçkida ğalaba qozongan bölardik”, dedi u.

Texasda ham respublikaçilar mağlub böldi

Saylovning eng katta kutilmagan natijalaridan biri Texasda kuzatildi. AQŞning eng yirik va an’anaviy respublikaçi ştatlaridan biri hisoblangan Texasda demokratlar Senat örnini qölga kiritdi. Demokrat Jeyms Talariko respublikaçi Ken Pakstonni mağlub etdi.

Bu 1988 yildan beri Texasda demokratlarning AQŞ Senatiga ilk bor öz vakilini saylaşi böldi. Boşqaça aytganda, ştatda qariyb 38 yillik siyosiy an’ana buzildi.

Biroq Texasdagi kutilmagan natijalar faqat Senat bilan çeklanmadi. Demokrat Jina Xinoxosa respublikaçi amaldagi gubernator Greg Ebbottni ham mağlub etdi. U ştat tarixidagi kelib çiqişi lotin amerikalik bölgan ilk gubernatorga aylanadi.

Yana bir tarixiy natija Kanzasda qayd etildi. Demokrat Adam Hamilton respublikaçi amaldagi senator Rojer Marşallni mağlub etdi. Kanzas 1932 yildan beri, ya’ni Buyuk depressiya davridan buyon Senatga demokrat vakil saylamagan edi. Oradan 94 yil ötib, ştatdagi siyosiy muvozanat özgardi.

Janubiy Karolinada ham demokrat Enni Endryus respublikaçi Darlin Gremni mağlub etdi. Bu ştat 1998 yildan beri Senatga demokrat saylamagan edi.

Demokratlar Ogayo, Şimoliy Karolina, Meyn va Ayova kabi ştatlarda ham Senat örinlarini qölga kiritdi. Ayniqsa, 2024-yilgi prezidentlik saylovida Tramp işonçli ustunlik bilan ğalaba qozongan hududlarda demokratlarning muvaffaqiyati respublikaçilar uçun jiddiy ogohlantiriş böldi.

Reuters ma’lumotlariga köra, saylov natijalari e’lon qilinayotgan paytda ovozlar sanalgan qariyb 1 700 okrugning aksariyatida respublikaçilar avvalgi natijalariga nisbatan pozitsiyalarini yöqotgan.

Saylovlardagi yana bir qator tarixiy natijalarga töxtaladigan bölsak, Jorjiya ştatida Keyşa Lens Bottoms gubernatorlikni qölga kiritib, AQŞ tarixida gubernator etib saylangan ilk qora tanli ayolga aylandi. Florida ştatida esa respublikaçi Bayron Donalds ştat tarixidagi ilk qora tanli respublikaçi gubernator böldi.

Amerikaliklar nimadan norozi?

Donald Tramp prezidentlikka qaytganidan ikki yil ötib, amerikalik saylovçilar uning siyosatiga munosabatini saylov qutilarida namoyon qildi. Demokratlarning Kongressdagi ğalabasi şunçaki partiyaviy ustunlik almaşinuvi emas, balki Tramp ma’muriyatiga nisbatan kuçayib borayotgan norozilikning siyosiy ifodasiga aylandi.

Norozilikning birinçi va eng oğriqli sababi – iqtisodiyot.

Tramp 2024-yilgi prezidentlik kampaniyasida inflyatsiyani jilovlaş, narxlarni tuşiriş va amerikaliklarning turmuş darajasini yaxşilaşga va’da bergan edi. Ammo saylovçilar kundalik hayotda buning aksini his qilmoqda: oziq-ovqat, yoqilği, tibbiy xizmat va kommunal tölovlar oilalar byudjetiga bosim ötkazişda davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda yoqilği quyiş şoxobçalarida odamlar “Amerikani qayta qaşşoq qilganing uçun rahmat”, deya Trampga kinoyali taşakkurlar aytmoqda. Yoqilği narxlarining qimmatligi oddiy amerikaliklarning saylovdagi qarorlariga ham jiddiy ta’sir körsatmoqda.

Associated Press saylovçilar örtasida ötkazgan sörovga köra, respondentlarning qariyb uçdan ikki qismi Tramp siyosati mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni yomonlaştirgan, deb hisoblaydi. Xuddi şunça amerikalik uning bojxona tariflari ham milliy yoki mahalliy iqtisodiyotga zarar yetkazganini bildirgan.

Ikkinçi sabab – Eron bilan uruş va uning iqtisodiy oqibatlari. Tramp ma’muriyatining harbiy siyosati amerikaliklar orasida birdek qöllab-quvvatlanmayapti. Yaqin Şarqdagi harbiy mojaro neft ta’minoti va energetika bozorlariga bosim ötkazib, yoqilği narxlariga ta’sir körsatdi. Natijada xalqaro siyosiy qarorlarning oqibati oddiy amerikalikning hamyonida ham sezila boşlagan.

Bundan taşqari, saylovçilarning hukumatdagi korrupsiya va manfaatlar töqnaşuviga munosabati ham Tramp uçun jiddiy muammoga aylanmoqda.

AP Voter Poll ma’lumotlariga köra, amerikaliklarning yarmidan köpi hukumatdagi korrupsiyani Kongress saylovlarida ovoz berişiga ta’sir qilgan hal qiluvçi omillardan biri sifatida körsatgan. Respondentlarning qariyb uçdan ikki qismi Tramp mamlakat manfaatlaridan köra öz şaxsiy manfaatlarini ustun qöyadi, deb hisoblaydi.

Prezident oilasining biznes faoliyati, yirik kompaniyalarning Oq uy bilan aloqalari va davlat siyosatidan xususiy manfaatlar yölida foydalanilişi haqidagi savollar norozilikni yanada kuçaytirmoqda.

Muammoning yana bir tomoni – Trampning boşqaruv uslubi. Prezidentning qarorlar qabul qilişda Kongress bilan yetarliça hisoblaşmasligi, federal xodimlarni qisqartiriş, Federal zaxira tizimiga bosim ötkaziş va an’anaviy ittifoqçilar bilan keskin munosabatlar ham siyosiy bahslarning markazida böldi.

Saylovçilarning qariyb 70 foizi Kongress prezident vakolatlarini yetarliça nazorat qilmayapti, deb hisoblagan. E’tiborlisi, bu fikrni faqat demokratlar emas, respublikaçilarning qariyb 40 foizi ham qöllab-quvvatlagan. Demak, norozilik faqat Trampning siyosiy raqiblariga xos emas, uning öz partiyasi içida ham prezident vakolatlarini çeklaş zarurati haqida qaraşlar mavjud.

Respublikaçilarning mağlubiyatida Trampning nomzod tanlaşdagi qarorlari ham muhim rol öynadi. Prezident partiyaviy sadoqatni siyosiy tajriba va obrödan ustun qöyganlikda tanqid qilinmoqda.

Masalan, Texasda u Senat saylovida amaldagi senator Jon Kornindan köra korrupsiya ayblovlari va siyosiy mojarolar bilan tanilgan Ken Pakstonni qöllab-quvvatlagan. Natijada Texasda ham demokratlar ğalaba qozondi.

Trampni oldinda nima kutmoqda?

Bir söz bilan aytganda, Tramp uçun ötgan ikki yil uning özi ta’riflaganidek, tarixdagi eng muvaffaqiyatli davr bölib çiqmadi. Aksinça, bu davr amerikalik saylovçilarning sabrini sinovdan ötkazdi.

Endilikda Kongressning har ikki palatasida demokratlar köpçilikni taşkil etmoqda. Bu esa Oq uy rahbari uçun yangi siyosiy muammolarni yuzaga keltiradi. Demokratlar prezident ma’muriyati faoliyatini tekşiriş, uning taşabbuslariga qarşilik körsatiş va Kongressdagi nazorat mexanizmlaridan foydalaniş imkoniyatiga ega.

2.Sönggi paytlarda Ğarb mamlakatlari vakillari Markaziy Osiyo respublikalari rahbariyatiga öz hududlarida harbiy bazalar joylaştiriş böyiça murojaatlarni tez-tez yöllamoqda. Bunday iltimoslar mintaqa davlatlarining Afğonistonga geografik jihatdan yaqinligi bilan izohlanmoqda. Bu haqda 21 oktyabr kuni Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) boş kotibi Taalatbek Masadikov videomuloqot şaklidagi brifingda ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, Markaziy Osiyodagi KXŞTga a’zo va a’zo bölmagan davlatlar rahbarlari bunday takliflarga qat’iy rad javobini bermoqda. Bunga mintaqa mamlakatlari özaro kelişmovçiliklarni taşqi kuçlar iştirokisiz, mustaqil ravişda hal qiliş imkoniyatiga ega ekani ham sabab bölmoqda.

Masadikov Rossiyaning Qirğiziston va Tojikistondagi harbiy iştiroki uşbu respublikalardagi, şuningdek, umuman Markaziy Osiyodagi vaziyatga ijobiy ta’sir körsatayotganini ham ta’kidladi. Uning qayd etişiça, har ikki mamlakatda Rossiyaning harbiy iştiroki saqlanib qolmoqda va mahalliy hokimiyatlar amaldagi tartibni qayta körib çiqiş niyatida emas.

“Mintaqa boşqa davlatlar kuçlarining iştirokidan manfaatdor emas. Ayniqsa, Markaziy Osiyoning ayrim respublikalari, jumladan, Qirğiziston Ğarb harbiylarini joylaştiriş tajribasiga ega va unga qaytişga tayyor emas”, dedi KXŞT boş kotibi.

Masadikov Qirğiziston, Özbekiston va Tojikiston örtasidagi hududiy nizolar muzokaralar stoli atrofida mustaqil ravişda hal etilganini bunga misol qilib keltirdi.

Uning fikriça, bu holat mintaqa davlatlari özaro tinç yöl bilan kelişib oliş, şuningdek, xavfsizlikka tahdid soluvçi turli xavf-xatarlarga birgalikda javob beriş qobiliyatiga ega ekanini körsatadi.

“Işonçim komilki, Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilarining siyosiy irodasi va donoligi masalalarni tinç yöl bilan va yetarliça tez hal etişga hamda yuzaga keladigan çaqiriqlarga javob berişga imkon beradi”, dedi u.

Bişkek fuqarolarini ogohlantirdi

Şu bilan birga, Qirğiziston rasmiylari Rossiyada bölib turgan öz fuqarolarini harbiy xizmatga aldov yöli bilan jalb etiliş xavfidan ogohlantirdi.

Taşqi işlar vazirligi fuqarolarga Rossiyada turli iş takliflari yuzasidan şartnomalar imzolaşdan oldin ularning mazmunini sinçiklab örganişni tavsiya qildi.

“Yuzaga kelişi mumkin bölgan salbiy oqibatlarning oldini oliş maqsadida kontraktlar va boşqa şartnomalarni imzolaşdan oldin ularning mazmunini sinçkovlik bilan örganib çiqiş, öz zimmalariga olayotgan majburiyatlari va huquqiy oqibatlariga alohida e’tibor qaratiş tavsiya etiladi”, deyiladi diplomatik notada.

Rossiya armiyasiga çet elliklar ham jalb qilinmoqda

Rossiya armiyasiga xorijiy davlatlar fuqarolarining aldov yoki majburlaş yöli bilan jalb etilişi xalqaro miqyosda ham muhokama qilinmoqda.

BMT Boş Assambleyasining Ukrainadagi uruş davrida sodir etilgan jinoyatlarni tekşiriş böyiça mustaqil komissiyasi oktyabr oyi oxirida e’lon qilgan maxsus hisobotida Rossiya armiyasiga aldov yoki majburlaş orqali yollangan şaxslar kamida 29 ta mamlakatdan ekanini ma’lum qilgan.

Ular orasida sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari bilan bir qatorda Afrika, Lotin Amerikasi, Yaqin Şarq va Janubiy Osiyo mamlakatlari fuqarolari ham bor.

Elistan Toktogulov bilan yuz bergan holat esa Rossiyada iş izlayotgan Markaziy Osiyo fuqarolari duç kelişi mumkin bölgan xavflarni yana bir bor kun tartibiga olib çiqdi. Endilikda uning taqdiri böyiça Moskvaning Bişkek notasiga qanday javob berişi kutilmoqda.

Ronalduning xayrlaşuv maktubi: “Portugaliya doimo mening bir bölagim bölib qoladi”

Bir kun kelib Portugaliya terma jamoasi maydonga tuşadi. Stadion töla, muxlislar hayajonda, futbolçilar saf tortgan. Ammo bu safar maydonda bir inson bölmaydi. Orqasida 7-raqam yozilgan futbolka, sardorlik boğiçi va butun bir avlodning umidiga aylangan futbolçi endi Portugaliya safida körinmaydi.

Ha, Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlaşdi!

Bu şunçaki bir futbolçining ketişi emas. Bu 23 yil davom etgan tarixning yakuni. Bir mamlakatning futbol tarixida öçmas iz qoldirgan, rekordlarni yangilagan, millionlab insonlarni futbolga oşno qilgan afsonaning milliy jamoadagi sönggi sahifasi.

5 noyabr kuni Kriştianu Ronaldu ijtimoiy tarmoq orqali e’lon qilingan videomurojaatida Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaşini bildirdi. Uning murojaati oddiy bayonot emas, balki butun bir davr bilan xayrlaşuv edi.

“Portugaliya xalqiga! Milliy jamoamizning 7-raqamli futbolkasini topşiriş vaqti keldi. Men uni heç qaçon faqat özimga tegişli deb hisoblamaganman. Ammo 23 yil davomida uni kiyiş, himoya qiliş va dunyoning turli stadionlariga olib boriş men uçun katta şaraf va mas’uliyat böldi”.

Bu futbolka uning uçun şunçaki raqam emasdi. Uning ostida u ğalabalarni ham, mağlubiyatlarni ham boşdan keçirdi. Bir neça avlodning orzusiga aylandi.

Ammo endi uni kelajak avlodga topşiriş vaqti kelgan edi.

“Bu oson qaror bölmadi. Çunki ayrim qarorlar faqat aql bilan qabul qilinmaydi. Ular yurak bilan ham qabul qilinadi. 2003 yil avgustida boşlangan va hayotimni butunlay özgartirgan safar nihoyasiga yetmoqda”.

Ronaldu maktubida ötmişga nazar taşlar ekan, faqat uçraşuvlar, gollar, rekordlar va sovrinlarni emas, insonlarni eslaşini aytadi.

U çet elda yaşayotgan portugaliyaliklar haqida yozadi. Uning gollari tufayli quvonçga tölgan, bir-birini quçoqlagan, öz mamlakati bilan faxrlangan insonlarni eslaydi.

Uning fikriça, futbol şunçaki öyin emas. Futbol – insonlar.

“Agar men sizlarni xursand qilgan bölsam, gollarimdan biri sizni kimnidir quçoqlaşga, taşvişlaringizni bir zumga unutişga yoki mamlakatimiz bilan faxrlanişga undagan bölsa, demak, bularning barçasi özini oqlagan”.

U jamoadoşlariga ham alohida minnatdorlik bildirdi. Birga bosib ötilgan yöl, ğalabalar, mağlubiyatlar, quçoqlaşuvlar va hatto bahslar ham uning xotirasida qolişini aytdi.

Murabbiylar, şifokorlar, fizioterapevtlar va közga körinmaydigan, ammo jamoa muvaffaqiyatida muhim örin tutgan barça xodimlarni ham unutmagan.

Oilasi haqida esa alohida töxtalgan. Çunki milliy jamoa safidagi faoliyat köp vaqtni uyidan uzoqda ötkazişni anglatardi.

Ammo maktubning eng ta’sirli qismi Portugaliya madhiyasi haqida edi.

“Milliy madhiyamiz yangray boşlagan lahzani bir umr yodimda saqlayman. Atrofga qarayman, jamoadoşlarimni, tribunalarni, bolalar, onalar, otalar va bobolarni köraman. Öşa daqiqalarda bizning farqlarimiz yöqoladi. Klublar ham, ranglar ham, tabaqalar ham, kasblar ham, fikrlar ham qolmaydi. Faqat bitta ehtiros bor: Portugaliya”.

Balki uning uçun terma jamoadagi eng katta ğalaba ham aynan şu tuyğudir.

Ronaldu maktubining yakunida milliy jamoadagi faoliyatini boşi baland holda tugatayotganini, Portugaliya uçun qölidan kelgan barça işni qilganini aytadi.

“Men butun umrim davomida dunyoning eng yaxşi futbolçisi böliş uçun mehnat qildim. Bugun esa eng katta ğalabam dunyoning eng yaxşi mamlakatini vakillik qiliş şarafini qölga kiritganim ekanini anglayapman”.

“Bu 23 yil uçun rahmat. Menga işonganingiz uçun rahmat. Madeyrada töp ortidan yugurgan kiçkina bolakayning orzusini amalga oşirişga imkon berganingiz uçun rahmat. 7-raqamli futbolka qoladi. Uni kiyganimdan faxrlaniş esa bir umr men bilan qoladi. Portugaliya doimo mening bir bölagim bölib qoladi. Xayr, yana uçraşgunça!”.

Dunyo futboli Ronaldu bilan xayrlaşmoqda

Ronaldu qarorini e’lon qilişi bilan futbol olamida unga nisbatan hurmat va minnatdorlik xabarlari yoğila boşladi.

Uning sobiq jamoadoşlari, bugungi futbol yulduzlari va boşqa sport vakillari öz munosabatlarini bildirişdi.

Eng ta’sirli munosabatlardan biri Bruno Fernandeşdan keldi.

“Ilhom uçun rahmat. Bolalikdagi kumirim bilan milliy jamoada birgalikda unutilmas lahzalarni baham köriş men uçun katta şaraf edi”.

Bu sözlar bejiz emas. Çunki Bruno uçun Ronaldu şunçaki jamoadoş emas, bolalikdagi qahramon ham edi.

Braziliyalik Neymar esa atigi bir söz bilan munosabat bildirdi: “Afsona”.

“Real Madrid”ning braziliyalik futbolçisi Vinisius Junior esa: “Doimo birinçi raqam!” deya yozdi.

Ronaldu bilan yillar davomida birga töp surgan Pepe ham öz munosabatini bildirdi:

“Bu şunçaki futbol emas edi. Barça narsalar uçun rahmat, Kris”.

Uning sobiq jamoadoşi Rio Ferdinand esa Ronalduning faoliyatini filmga qiyosladi:

“Bu xuddi bir film edi, birodar!”

Portugaliyalik yana bir sobiq jamoadoşi Nani ham unga minnatdorlik bildirdi. Uning ta’kidlaşiça, Ronaldu portugaliyaliklarga özlarini dunyoning eng yaxşilari qatorida tasavvur qilişga imkon bergan va butun xalqni faxrlantirgan.

Rafael Leau esa uni butun avlodlar uçun kumir deb atadi.

Portugaliya futbol federatsiyasi Ronalduning merosi maydon çegaralaridan ham oşib ketganini ta’kidladi. Federatsiya prezidenti Pedro Proensa uning xizmatlariga munosib ehtirom körsatiş niyatida ekanini bildirdi.

“Al–Nassr” klubi ham öz futbolçisiga murojaat qildi. Klub Ronalduning faoliyatini şunçaki bir bob emas, butun tarix sifatida baholadi va u bilan yana yangi sahifalar yoziş istagini bildirdi.

“Mançester Yunayted” esa sobiq futbolçisini ajoyib xalqaro faoliyati bilan tabrikladi.

Körinib turibdiki, Ronalduning ketişi faqat Portugaliya futboli uçun emas, butun futbol olami uçun muhim voqeaga aylandi.

Xayrlaşuv oldidagi ziddiyatlar

Har qanday buyuk faoliyatning murakkab davrlari böladi. Ronaldu uçun ham sönggi yillar bahs-munozaralarsiz keçmadi.

2026 yilning kuziga kelib, uning terma jamoadagi kelajagi yana muhokama markaziga çiqdi. 41 yoşli futbolçining jamoaga ta’siri, yangi avlodga yöl beriş masalasi va murabbiy qarorlari atrofida turli fikrlar paydo böldi.

Ayniqsa, boş murabbiy Jorje Jezus bilan yuzaga kelgan kelişmovçilik vaziyatni yanada murakkablaştirdi.

Sentyabr oyidagi yiğin vaqtida Ronaldu murabbiy qarorlaridan norozi bölib, terma jamoa lagerini ruxsatsiz tark etdi. Keyinçalik u jamoadoşlaridan uzr söradi.

Bu voqea uning terma jamoadagi kelajagi haqidagi savollarni yanada kuçaytirdi.

Bir taraf Ronaldu kabi futbolçining xizmatlarini unutmaslik kerakligini ta’kidladi. Boşqa taraf esa jamoada heç kimning örni kafolatlanmaganini, murabbiy qarorlari umumiy manfaatdan kelib çiqişini aytdi.

Jorje Jezus ham Ronalduning qarorini hurmat qilişini, biroq uni jamoa rejalarida saqlab kelganini bildirdi.

Şunday vaziyatda 5 noyabr kuni Ronaldu öz qarorini e’lon qildi: u Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi.

Bolalikdan boşlangan buyuk tarix

Kriştianu Ronaldu dos Santos Aveyru 1985 yil 5 fevralda Portugaliyaning Madeyra orolida dunyoga kelgan.

Oddiy oilada ulğaygan bolakayning futbolga bölgan muhabbati juda erta boşlangan. Uning orzusi katta edi. U dunyoning eng yaxşi futbolçisi bölişni istardi.

Dastlab “Andorinya” va “Nasyonal” yoşlar jamoalarida şuğullangan Ronaldu keyinçalik “Sporting” akademiyasiga qabul qilindi. 2003 yilda esa Angliyaning “Mançester Yunayted” klubiga ötdi.

Aynan şu yili, 18 yoşida, Portugaliya terma jamoasida ham debyut qildi.

Uning ilk yirik xalqaro turniri 2004-yilgi Yevropa çempionati böldi. Portugaliya finalga qadar yetib bordi, biroq Gretsiyaga imkoniyatni boy berdi. Öşa finaldan keyin yoş Ronaldu köz yoşlarini yaşira olmadi.

Ammo bu hali boşlanişi edi.

2006-yilgi jahon çempionatida Portugaliya yarim finalgaça yetib bordi. 2008 yilda Ronaldu terma jamoa sardoriga aylandi. Keyingi yillarda esa u Portugaliya futbolining asosiy timsoliga aylandi.

Rekordlar, sovrinlar va tarix

Ronaldu faoliyatini raqamlarsiz tasavvur qiliş qiyin.

Portugaliya terma jamoasi safida:

  • 234 ta uçraşuv;
  • 146 ta gol;
  • 23 yillik xalqaro faoliyat;
  • 6 ta jahon çempionati;
  • 1 ta Yevropa çempionligi;
  • 2 ta UEFA Millatlar ligasi çempionligi.

234 ta uçraşuv va 146 ta gol — erkaklar milliy terma jamoalari futboli tarixidagi jahon rekordlari.

U olti xil jahon çempionatida gol urgan tarixdagi ilk futbolçi böldi. 2006 yildan 2026 yilgaça bölgan mundiallarda Portugaliya şarafini himoya qildi.

Biroq uning faoliyatidagi eng unutilmas sahifalardan biri 2016 yilga töğri keladi.

Fransiyada ötkazilgan Yevropa çempionati finalida Portugaliya mezbonlar bilan töqnaş keldi. Uçraşuvning dastlabki qismida Ronaldu jarohat olib, maydonni tark etişga majbur böldi. Sardor köz yoşlarini yaşira olmadi.

Ammo jamoadoşlari uning orzusini amalga oşirdi. Portugaliya qöşimça bölimlarda ğalaba qozonib, tarixida ilk bor Yevropa çempioniga aylandi.

Ronaldu uçun bu oddiy sovrin emasdi. Bu yillar davomida kutilgan orzuning röyobi edi.

2019 yilda Portugaliya UEFA Millatlar ligasining ilk ğolibiga aylandi. 2025 yilda esa yana şu turnirda çempionlikni qölga kiritdi.

Bularning barçasi Ronaldu tarixining bir qismi.

U klub miqyosida ham ulkan natijalarga erişdi. “Mançester Yunayted”, “Real Madrid”, “Yuventus” va “Al–Nassr” safidagi faoliyati davomida köplab sovrinlarni qölga kiritdi. Beş marta “Oltin töp” sohibi böldi.

Ammo Portugaliya futbolkasi uning uçun har doim alohida ahamiyatga ega edi.

Jahon çempionligi – amalga oşmagan orzu

Ronaldu faoliyatidagi eng katta armonlardan biri jahon çempionligi bölib qoldi.

U olti marta jahon çempionatida qatnaşdi. 2006 yildan 2026 yilgaça bölgan mundiallarda Portugaliya şarafini himoya qildi.

Uşbu turnirlarda oltita mundialda gol urgan tarixdagi ilk futbolçiga aylandi. 2026-yilgi musobaqada ham uçta gol urib, jahon çempionatlaridagi jami gollarini 11 taga yetkazdi.

Ammo Portugaliya jahon çempioniga aylana olmadi.

2026-yilgi mundialda jamoa nimçorak finalda bölajak çempion Ispaniyaga 0:1 hisobida mağlub böldi.

Şu tariqa, Ronaldu öz faoliyatida juda köp sovrinlarni qölga kiritgan bölsa-da, jahon çempionligi kubogini kötara olmadi.

Biroq uning futbolçilik faoliyati hali yakunlanmagan. U “Al-Nassr” safida öynaşda davom etadi.

Yana bir maqsad bor: professional faoliyati davomida urilgan gollar sonini 1 000 taga yetkaziş.

Terma jamoadan ketişi bilan uning futbol bilan xayrlaşgani yöq. Faqat Portugaliya safidagi tarix yakunlandi.

7-raqamdan keyin qolgan tarix

Bir paytlar Madeyrada töp ortidan yugurgan kiçkina bolakay butun dunyo tanigan futbolçiga aylandi.

U rekordlarni yangiladi, sovrinlarni qölga kiritdi, tanqidlar va bahslarni boşdan keçirdi. Kimdir uni tarixdagi eng buyuk futbolçi deb bildi, kimdir boşqa futbolçilar bilan soliştirdi.

Ammo bir haqiqat özgarmaydi: Kriştianu Ronaldu futbol tarixida öz nomini abadiy qoldirdi.

Endi Portugaliya terma jamoasi boşqa sardor bilan maydonga tuşadi. Boşqa futbolçi 7-raqamni kiyişi mumkin. Yangi avlod yangi ğalabalarni qölga kiritişi mumkin.

Ammo 23 yil davomida şu futbolkani kiygan insonning örnini töldiriş oson bölmaydi.

Çunki Ronaldu Portugaliya uçun şunçaki hujumçi yoki sardor emasdi. U butun bir avlodning orzusi, mamlakatning futbol ramzi va millionlab insonlarni birlaştirgan nom edi.

U ketmoqda. Lekin u qoldirgan tarix qoladi.

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlaşdi. Ammo Portugaliya futboli tarixida uning nomi heç qaçon öçmaydi.

 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing