Rasman: Otabek Shukurov Yevropa klubiga o‘tdi
Sport
−
19:42 1287 2 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Serbiyaning “Radkin Surdulitsa” klubida davom ettiradi. Bu haqda bugun, 2 oktyabr kuni klub matbuot xizmati xabar beradi.
Bir muddat erkin agent maqomida bo‘lgan 28 yoshli futbolchi Serbiya Superligasi vakili “Radnik Surdulitsa” klubi bilan rasmiy shartnoma tuzdi. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, ushbu kelishuv klub tarixidagi eng shov-shuvli va muhim transferlardan biri sifatida baholanmoqda.

Futbolchi yangi jamoaga qo‘shilish uchun barcha tayyorgarliklarni nihoyasiga yetkazgan. Tajribali yarim himoyachining yangi jamoa tarkibidagi debyuti xalqaro tanaffusdan so‘ng, chempionatning navbatdagi turlarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Hozirda “Radnik Surdulitsa” jamoasi Serbiya chempionatida barqaror o‘yin namoyish etmoqda.
Xususan, o‘tkazilgan 10 turdan so‘ng jamoa 14 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoaning o‘ziga xos jihati shundaki, joriy mavsumda ular o‘z maydonida hali mag‘lubiyatga uchramagan.
Ular mamlakatning “Spornatsveta” va “Partizan” kabi kuchli klublariga qarshi o‘yinlarda ham munosib qarshilik ko‘rsatib, ochko olishga erishgan. Shukurovning transferi jamoaning markaziy chizig‘ini yanada mustahkamlashi va hujumlarni tashkil etishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.
Rejaga ko‘ra, FIFA kunlari yakunlangach, Shukurov safarda Loznitsa shahrining IMT jamoasiga qarshi kechadigan o‘yinda ilk bor maydonga tushishi mumkin. Ekspertlar ushbu transferni futbolchining Yevropa futbolidagi pozitsiyasini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam deb hisoblamoqda.
Bir qator xorijiy klublarning qiziqishiga qaramay, Otabek aynan Serbiya chempionatini tanlagani aytilmoqda. Ushbu qaror uning o‘yin amaliyotini tiklashi va terma jamoa tarkibidagi sport formasini saqlab qolishi uchun ideal imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Live
Barchasi