Özbekiston Saudiya ustidan ğalaba qozondi
Sport
−
22:27 875 2 daqiqa
Bugun, 17 noyabr kuni FIFA kunlari doirasida Özbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi örtoqlik uçraşuvini ötkazdi. Fabio Kannavaro şogirdlari Dohada Saudiya Arabistoniga qarşi bahs olib borib, kiçik hisobda ğalaba qozondi.
Öyin teng kuraşlar ostida boşlandi. Bahsning dastlabki daqiqalaridanoq har ikki jamoa öyin tizginini qölga olişga harakat qildi. 19-daqiqada Şerzod Esanov raqib darvozaboning xatosidan unumli foydalanib, hisobni oçdi. Oradan 4 daqiqa ötib saudiyaliklar futbolçisi Firas Al-Buraykan boşi bilan Ne’matov darvozasini işğol qildi va ordagi farqni yöqqa çiqardi. Uşbu golga javoban “oq börilar” bir neça hujumlar bilan javob qaytardi. Taymning 35-daqiqasida uşbu hujumlardan biri öz samarasini berdi – Şerzod Esonov dubl qayd etib, jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi. Birinçi bölimda hisob boşqa özgarmadi.
Ikkinçi bölim ham keskin kuraşlar ostida boşlandi. 50-daqiqada hakam Abbosbek Fayzullayevga nisbatan qöpol öyini uçun raqib futbolçisi Ali Lajamiga qizil kartoçka körsatdi. Uşbu qöpol harakatdan söng Fayzullayev jarohat olib, maydonni tark etdi. Özbekiston milliy terma jamoasi qolgan daqiqalarni 1 kişi ustunligida ötkazgan bölsa-da tablodagi raqamlar boşqa özgarmadi. “Oq börilar” joriy yilgi sönggi öyinni kiçik hisobdagi ğalaba bilan yakunlandi.
Live
Barchasi