Abdusalom Azizov MTJning mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi

Sport

image

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining  navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Uning birinchi qismida O‘FAning yangi Ustavi muhokama qilindi va sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘FA hisobot saylov kongressi haqida ma’lumot berildi. Kongressda DXX raisi – O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov, vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etmoqda. 

Kongressning ikkinchi qismida kutilganidek O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralash o‘yinlaridagi muvaffaqqiyatsizligi muhokama qilindi. O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov mag‘lubiyatga quyidagicha izoh berdi:

“Jurnalistlar futbolning faqatgina kuzatuvchisi yoki tanqidchisi bo‘lib qolmasdan, uning faol a’zolaridan biriga aylanishdi. G‘alaba va mag‘lubiyat doim yonma-yon yuradi. Yaqinda sodir bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasining mag‘lubiyatini O‘FA alohida ko‘rib chiqadi va bu borada hisobot beradi. Bu mag‘lubiyat bir kunda bo‘lib qolmadi. Bolalar futbolidan boshlab muhokama qilamiz. Bizda orqaga yo‘l yo‘q”.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston 15 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab, 3-saralash bosqichiga yo‘llanmadan quruq qoldi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

449

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing