Angren va Namangandagi fojia, tenglashtirilgan stipendiya, Rahmonovning so‘kong‘ichligiga “anaqa”li izoh va boshqa xabarlar

Jamiyat

image

10 sentyabr sanasi ham oxirlab qoldi. Quyida bugun O‘zbekiston va xalqaro maydonda yuz bergan muhim xabarlarga to‘xtalib o‘tamiz.

Qozog‘istonda toshbo‘ron qilingan yuk mashinalari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Avvalroq, O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan yuk mashinalari Qozog‘istonning Atirau viloyatida noma’lum shaxslar tomonidan toshbo‘ron qilingani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rahbariyati vaziyatni nazoratga olish va ro‘y bergan holatga oydinlik kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Oqtov shahridagi Bosh konsuli bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Chilonzorda IIBB xodimi va fuqaro o‘rtasida nima bo‘lgandi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Flavio Briattore” tahallusli foydalanuvchi undan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilgan va hujjat bo‘lmaganligi sababli uni ichki ishlar organlari tayanch punktiga yo‘l olishni talab qilgan profilaktika inspektorining harakatlaridan norozilik bildirgan holda e’lon qoldirdi.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, profilaktika katta inspektori mayor K. Qoriyev bo‘lib o‘tgan voqeani quyidagicha izohladi.

Diqqat! Toshkentda sovuq suv o‘chiriladi (ro‘yxat)

Suv quvurlari va vodoprovod tarmoqlarida ta’mirlash-profilaktika ishlarini amalga oshirish va 2019 yil kuz-qish davriga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan vodoprovod tarmoqlarida sovuq suv bo‘lmaydi va bosim pasayadi. Sovuq suv o‘chirilishi jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Poyezd vagonidan o‘zbekistonlik erkak jasadi topildi

Rossiyaning Astraxan viloyatida yo‘lovchi poyezdidan 52 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 7 sentyabr kuni Astraxan viloyatining Oqsaroy stansiyasida yo‘lovchi “Toshkent-Volgograd” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdidan 1967 yilda yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi. Uning tanasida kuch bilan o‘ldirish alomatlari aniqlanmagan.

Deputat sobiq aviabaza hududida qimorxona ochishni taklif qildi

Qirg‘iziston Parlamenti (Jogorku Kenesh) deputati Dastan Bekeshev respublikaning soliqlarini to‘ldirish uchun AQSHning sobiq “Manas” aviabazasi hududida chet elliklar uchun kazino ochishni taklif qildi.

Paxta hosilini terish uchun narxlar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019 yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra:

•    mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 600 000 so‘m xizmat haqi;

•    qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda –  800 so‘mdan, ikkinchi terimda – 1200 so‘mdan;

•    mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln so‘mdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln so‘mdan mehnat haqi to‘lanadi.

Angrendagi mudhish YTH jabrlanuvchilarining ahvoli ma’lum bo‘ldi

Avvalroq, bugun, 10 sentyabr kuni soat 04:00larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidagi avtomobil yo‘li va temir yo‘l kesishmasida avtotransport vositalari hamda yuk tashish poyezdining to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

YTHda 5 nafar fuqarodan 2 nafari N.A. va A.X. voqea joyida vafot etgandi. Qolgan jarohat olgan 3 nafar fuqaro hamda “SAMS” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi Angren shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazrligi mazkur YTHda jabrlanganlar zudlik bilan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilib, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

Paxtaga safarbarlik e’lon qilingan, harbiylar ham dalada

8-9 sentyabr kunlari Turkmanistonning  Mari viloyatidan Axal viloyatiga paxta terimiga bir yarim mingga yaqin harbiy xizmatchi yuborildi. Shu kunlarda Mari-Ashxobod yo‘lovchi poyezdlari uchun chiptalar sotilmadi. Turkmanistonda 1 sentyabrdan Ashxabod va uning atrofidagi qismlarning harbiy xizmatchilari paxta dalalariga jo‘natilgan. Mari viloyatidan kommunal xizmat xodimlari, shu jumladan haydovchilar ham paxta yig‘im-terimi uchun Axal viloyatiga borishi haqida ogohlantirilgan.

Rasman: O‘zbekiston notariat tizimida inqilobiy o‘zgarishlar yuz beradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Endi byudjetda o‘qiyotgan talaba 3 baho olsa, stipendiyadan mahrum etiladi

O‘zbekistonda 2019/2020 o‘quv yilidan oliy ta’lim sohasida joriy qilingan yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarning semestr yakunidagi reyting baholarining umumiy hisobi 3 bahoni tashkil qilsa, ular keyin semestrda stipendiyadan mahrum etiladi.

“Real” shov-shuvli transferga qo‘l urmoqchi

Madridning "Real" klubi vakillari "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk agenti bilan uchrashganlar. Madrid klubi 28 yoshli gollandiyalikka shartnoma taklif qilgan.

Namangandagi tug‘ruqxonada mudhish jinoyat sodir etildi. Chaqaloqlar vafot etdi

Namanganlik 23 yashar ayol mudhish jinoyatga qo‘l urdi. U o‘zi dunyoga keltirgan chaqaloqni va tuqruqxonadagi boshqa ayolning chaqalog‘ini binoning ikkinchi qavati derazasidan uloqtirgan. Natijada chaqaloqlar og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. 

Shavkat Mirziyoyev birinchi Prezident maktabiga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 10 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident maktabi faxriy mehmonlari kitobiga dastxat qoldirdi

"Tolibon" jangarilari Tojikiston chegarasiga yaqin keldi

Afg‘onistonda Tolibon jangarilari Tojikiston bilan chegaraga yaqin bo‘lgan Tohar viloyatining shimoliy-sharqida joylashgan Yangi qal’a okrugini egallab oldi. Hijriyning fikricha, to‘qnashuvlar hali ham davom etmoqda va xavfsizlik kuchlari tinch aholi qurbon bo‘lishining to‘xtatishi shart. Shunda tolibonning mintaqaga chuqur kirib borishini oldini olish uchun orqaga chekinishi kerak bo‘ladi. 

“O‘tkir savol beryapsiz, lekin...” – MB raisi o‘rinbosari Rahmonovning so‘kong‘ichligiga “anaqa”larga to‘la izoh berdi

Joriy yilning 28 avgust kuni Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonovning tumanda joylashgan bank rahbarlari bilan o‘tkazgan yig‘ilishda stol urib majlis ishtirokchilarini so‘kkani, ularni tinimsiz haqoratlab, ishdan bo‘shatish, arizasini olish bilan qo‘rqitgani haqida tahliliy maqola e’lon qilgan edik. Ushbu maqolaga isbot o‘laroq audioyozuv taqdim etilgan edi.

Bugun, 10 sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova Markaziy bank raisi o‘rinbosari Orif Bo‘tayevga mazkur masala bo‘yicha yuzlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing