AQSHdagi ommaviy otishmada kamida 22 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

AQSHning Men shtatidagi Lyuiston shaharchasida otishma sodir bo‘ldi, oqibatda kamida 22 kishi halok bo‘ldi, 50-60 kishi yaralandi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi shaharning uchta joyida – Schemengees bari, Sparetime Recreation bouling zali va Walmart do‘konida odamlarga qarata avtomat miltiqdan o‘q uzgan.

Shahar shifoxonasi jurnalistlarga jabrlanganlarning aniq sonini hozircha aytib bera olmasligini bildirgan.

Qotil hozir qochib ketgan. Androskoggin okrugi sherif idorasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida otishma sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxsning miltiq tutgan suratini joylashtirdi. Mahalliy hokimiyat aholini uyda qolishga chaqirdi. CNN xabariga ko‘ra, vaziyat haqida AQSH Prezidenti Jo Baydenga xabar berilgan.

Jo Bayden Men gubernatori Janet Mills, senatorlar Angus King va Syuzan Kollinz hamda kongressmen Jared Golden bilan telefon orqali suhbatda Lyuistondagi otishma bo‘yicha federal yordam taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida AQSHning Los-Anjeles shahri yaqinida sodir bo‘lgan ommaviy otishmada kamida 10 kishi halok bo‘lgandi. Fevralda esa Michigan universitetida qurollangan shaxs tomonidan uch kishi o‘ldirilgan va besh kishi jarohatlangandi. Mart oyida Neshvill shahridagi boshlang‘ich maktabda fojiali otishma bo‘ldi. Oqibatda 9 yoshli uch nafar o‘quvchi va uch nafar maktab xodimi halok bo‘ldi. Iyunda Amazon kompaniyasining haydovchi bo‘lib ishlaydigan 37 yoshli Tojikiston fuqarosi otib o‘ldirildi. Iyul oyida Baltimor shahrida joylashgan mavzelardan biridagi otishmada  2 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi yaralandi. Avgustda Florida shtatidagi savdo markazida yuz bergan otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi.  Kecha, 3 oktyabr kuni Tailanddagi savdo markazida 14 yoshli bola otishma sodir etdi, oqibatda kamida uch kishi o‘ldi, yana yetti kishi yaralandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh otishma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing