AQSH va Rossiya liderlari uchrashuvidan oldin Zelenskiy Bayden bilan gaplashmoqchi
Olam
−
29 may 2021
3622Tez kunlarda Ukraina Prezidenti Vladimir Zeleskiy va AQSH Prezidenti Jo Bayden telefon orqali suhbat o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Ukraina Vazirlar Mahkamasiga asoslanib xabar berilgan.
Qayd etilishicha, ushbu suhbat katta ehtimol bilan Bayden va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Jenevadagi sammitidan oldin bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, Bayden va Zelenskiy birinchi marta telefon orqali joriy yilning aprel oyi boshida gaplashishgan. Bayden suhbatda AQSH Rossiyaning Donbass va Qrimdagi tajovuzlari oldida Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini cheksiz qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagan.
Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning 15-16 iyun kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, Bayden va Putin 13 aprel kuni telefon orqali muloqot qildi. Muloqot vaqtida Bayden uchinchi davlatda Rossiya-AQSH sammitini o‘tkazish taklifini bildirgan.
Bundan avval, aniqrog‘i mart oyida AQSH Prezidenti Jo Bayden Vladimir Putinni “qotil”, deb bilishini aytgan edi. Bunga javoban, Putin Amerika rahbariga sog‘lik tilab, uni jonli efirdagi munozaraga taklif qildi. Bayden jamoasi esa Rossiya rahbarining ushbu tashabbusiga rad javobini bergandi.
LiveBarchasi