Bayden Putinni “qotil” deb bilishini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jozef Bayden Putinni “qotil” deb biladi. Bu haqda Baydenning o‘zi ABC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Jurnalist Baydenga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni “qotil”, deb bilasizmi, degan savol bergan. Bunga Prezident "ha", deb javob qatargan. 

AQSH Prezidenti shuningdek, Putin Amerika saylovlariga aralashgani uchun tovon to‘lashini ta’kidlagan.

Ma’lum qilinishicha, Bayden yanvar oyi boshida Putin bilan telefon orqali suhbatlashgan va u Rossiya Prezidentiga quyidagi gaplarni aytgan:

“Men sizni bilaman, siz ham meni bilasiz. Agar [aralashuv] bo‘lgan bo‘lsa, unda [oqibatlariga] tayyor turing”.

Eslatib o‘tamiz, Bayden va Putin o‘rtasidagi telefon orqali suhbat AQSH tomonining tashabbusi bilan tashkillashtirilgan. Suhbat chog‘ida Bayden Putindan Rossiyaning 2020 yilgi AQSH prezidentlik sayloviga aralushividan tashqari, Rossiya muxolifati rahbari Navalniy bilan bog‘liq vaziyat xususida so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Putin Bayden

Baholaganlar

509

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing